Nima izlayapsiz?

10-iyul kuni uchun masalaning yechilishi ( Nafisa tug’ilgan kun)

10-iyul kuni uchun masalaning yechilishi ( Nafisa tug’ilgan kun)

Masala. Akbar  va  Botir yozda oromgohda  Nafisa bilan tanishdilar.

Akbar Nafisadan  uning tug’ilgan kuni qachon ekanini so’radi.

Nafisa o’ylab turdi-da ularga tug’ilgan kunini aytmasligini lekin bir nechta yordamchi ma’lumotlar berishini aytdi.

Keyin  u 10 ta sana yozdi:

15 may- 16 may -19 may

17 iyun- 18 iyun

14-iyul- 16 iyul

14 avgust- 15 avgust-17 avgust

Ana shu kunlardan biri mening tug’ilgan kunim.

Keyin Nafisa  Akbarning qulog’iga shivirlab faqat tug’ilgan oyini aytdi, Botirga esa shivirlab faqat tug’ilgan kunini aytdi.

Shundan keyin, Nafisa Akbardan-Endi mening tug’ilgan kunimni ayta olasanmi? –deb so’radi.

Akbar esa “ Men seni tu’g’ilgan kuningni bilmayman, lekin shuni bilamanki Botir ham sening tug’ilgan kuningni bilmaydi dedi.

Shunda Botir: Dastlab men ham bilmagan edim, lekin endi bilaman dedi.

Endi men ham bilaman dedi Akbar.

Nafisaning tug’ilgan kuni qaysi sana ekanini toping.

Yechilishi: Sanalar bor yo’g’i 10 ta va ularning hammasi 14 va 19 orasida. 18 va 19 lar faqat bir martadan qatnashgan. Agar Nafisaning tug’ilgan kuni 18 yoki 19 bo’lganda  Botir darhol tug’ilgan oyini ham aytgan bo’lar edi.

Lekin Botirning ham javobni bilmasligini Akbar qayerdan biladi?  Agar   Nafisa  Akbarga o’zining may yoki iyun oyida tug’ilganini aytganda uning tug’ilgan kuni 19-may yoki 18-iyun  bo’lar edi.  Bu holatda  Botir Nafisa qachon tug’ilganini topgan bo’lar edi. Akbar Botirning javobni bilmasligini aniq bilishi sababli may  va iyun oylarini hisobdan chiqarsa bo’ladi. Demak, Nafisa yo  iyul yoki avgust oyida tug’ilgan.

Dastlab Botir Nafisaning tug’ilgan kunini bilmagan. Akbarning gapidan keyin Botir qanday qilib javobni topgan. Qolgan beshta javob 15 va 17 orasida va faqat 14 sanasi ikki marta ishtirok etadi. Agar Nafisa Botirga 14-sanani aytganda edi Akbarning gapidan keyin ham Botir javobni aniq bilmasdi.

Botir Akbarning gapidan keyin darhol tushungani  Nafisaning tug’ilgan kuni  14-sana emasligini bildiradi. Uchta mumkin bo’lgan sanalar qoladi: 16-iyul, 15-avgust va 17-avgust.

Botir  gapirganidan keyin Akbar Nafisaning tug’ilgan kunini aniq bildi.

Agar Nafisa   Akbarga avgustda tug’ilganman deganida edi Akbar  aniq javobni bila olmagan bo’lar edi , chunki qolgan uchta sanadan ikkitasi avgust oyiga taalluqli. Demak, Nafisa 16-iyulda tug’ilgan ekan.

 

Fikr yo‘q 1033 marta ko‘rilgan

Aloqador maqolalar

Fikr bildirish