Uchburchak
Uchburchak erur nomim,
Mahkam uchta tomonim.
Uch yonda posbon uchim,
Ko’p ishga yetar kuchim
Ba’zan teng tomonliman,
Ba’zida teng yonliman
Burchagim o’tmas, o’tkir,
Goh bittasi to’g’ridir.
Ko’pburchaklar ichida ,
Men jajji kichigiman.
Mustahkamlik bobida,
Men ancha kuchligiman.
Kvadrat
Men kvadrat, kvadrat,
Tanim to’la kuch g’ayrat.
Sevaman teng so’zini,
Topaman sirt yuzini.
Trapetsiya
Trapetsiyadir nomim,
To’rtburchaklar turiman,
Asoslarim parallel,
Yon tomonim xilma-xil.
Parallel chiziqlar
Biz qanaqa chiziqmiz,
Qarang juda qiziqmiz.
Ikkalamiz inoqmiz,
Mehnatsevar quvnoqmiz.
Tekislikda turamiz,
Yursak birga yuramiz.
Assalomu alaykum hurmatli ustoz! Saytingizni ko`rib chiqdim. Menga juda yoqdi, lekin qiziqarli masalar rasmlari bilan, qiziqarli savol-javoblar, qiziqarli matematik suratlar, fan bilan bog`liq dunyo voqealari va shunga o`xshash ma’lumotlarni ko`proq kiritsangiz bundan-da yaxshi bo`lardi. Hurmat bilan Navoiy viloyatidan matematika o`qituvchisi B.D.Sh.
Hurmatli B.D.Sh
Avvalo e’tiboringiz uchun rahmat. Fikrlaringiz menga judayam ma’qul. Ancha vaqtdan buyon saytda ishlamay qo’ygandim. Mana yana boshladim. Haqiqatan ham, rangbaranglik kiritishim kerak ekan.