Nima izlayapsiz?

12-iyul kuni uchun masalaning yechimi

12-iyul kuni uchun masalaning yechimi

Masala. 10 ta raqamning har birini faqat bir martadan ishlatib biror natural sonni hamda uning kvadratini yozish mumkinmi?

Yechilishi:  Agar shunday qilish mumkin bo’lsa, demak son va uning kvadrati birgalikda 10 ta raqamga ega bo’ladi. Agar son uch xonali  ya’ni 100 dan katta yoki teng va 1000 dan kichik bo’lsa, u holda uning kvadrati 10000 dan katta yoki teng lekin 1000000 dan kichik  ya’ni 5 yoki 6 xonali bo’ladi. Bu esa kam.

Bundan kelib chiqadiki berilgan sonning o’zi kamida to’rt xonali bo’lishi kerak ekan. Lekin bu holda sonning kvadrati kamida yetti xonali bo’ladi. Bu esa ko’p.

Javob:  Bo’lishi mumkin emas.

 

Fikr yo‘q 499 marta ko‘rilgan

Aloqador maqolalar

Fikr bildirish