Masala. 3, 4, 5, 9, 9 raqamlaridan aniq kvadrat (natural sonning kvadratiga teng) bo’lgan besh xonali son tuzish mumkinmi?
Yechilishi:
Bu sonning raqamlari yig’indisi 30 ga teng bo’ladi. Demak, bu son 3 ga bo’linadi lekin 9 ga bo’linmaydi. Bundan kelib chiqadiki, bunday son aniq kvadrat bo’la olmaydi.
Javob: Tuzib bo’lmaydi.