Nima izlayapsiz?

16-iyul kuni berilgan masalaning yechimi

16-iyul kuni berilgan masalaning yechimi

Masala. Tekislikda 6 ta nuqtani shunday joylashtiringki,  har bir nuqtadan aniq 4 ta nuqtani ko’rish mumkin bo’lsin.

Yechilishi:

Nuqtalarni  A, B, C, D, E va  F harflari bilan belgilaymiz. Faraz qilaylik A nuqtadan B nuqtadan boshqa barcha nuqtalar ko’rinsin. U holda  AB kesmada qolgan nuqtalardan bittasi yotishi kerak. Bu nuqta C bo’lsin. Keyin C nuqtadan D dan boshqa barcha nuqtalar ko’rinsin deylik, u holda CD kesma A va B nuqtalarning birortasi bilan bir to’g’ri chiziqda yotmasligi hamda E va F nuqtalardan bittasi C va D nuqtalar orasida yotishi kerak. E nuqtadan F nuqta ko’rinmasligi uchun EF kesmanishunday joylashtirish kerakki bu kesmada A yoki B nuqtalardan bittasi yotsin.

oltita shum nuqta

Fikr yo‘q 458 marta ko‘rilgan

Aloqador maqolalar

Fikr bildirish