17-iyun kuni uchun berilgan masalaning yechimi

Masala.  Har   birining o’nli yozuvida 1, 2, 3, 4, va  5   raqamlari  bir  martadan qatnashadigan barcha besh xonali  natural sonlar   yig’indisini toping.

Yechilishi:  Bunday sonlar  jami  5! = 120 ta. Bu sonlarni qo’shganimizda har bir razryadda ( xona birligida) 1 dan 5 gacha barcha sonlar yig’indisi hosil bo’ladi  va bu yig’indi har bir xona  birligida 24 marta takrorlanadi.

Demak, birliklar xonasidagi barcha raqamlar yig’indisi   24∙ (1+2+3+4+5) = 360  bo’ladi. O’nliklar soni ham, yuzliklar soni ham, mingliklar soni ham, o’n mingiliklar soni ham 360 tadan bo’ladi.

Demak, yig’indini hisoblaymiz:   360+3600+36000+360000+3600000 = 3999960

Javob:  3999960

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *