Nima izlayapsiz?

2-mart kuni berilgan masalaning yechimi (ovchilar va atala)

2-mart kuni berilgan masalaning yechimi (ovchilar va atala)

Uch ovchi o’rmonda uchrashib qolishdi va atala pishirib yeyishdi. Birinchisi 2 piyola un berdi, ikkinchisi es a3 piyola un berdi. Uchinchisida un yo’q edi, shuning uchun u qolgan ovchilarga atala uchun to’lov sifatida 5 dona o’q berdi.  Atalani uchovlon teng bo’lib yeyishdi. Birinchi va ikkinchi ovchilar 5 ta o’qni qanday bo’lib olishlari kerak?

Yechilishi: 9-sinf o’quvchisi Axmatov Mirshod taklif qilgan yechim: Har bir piyola unni teng uch bo’lakka bo’lsak, jami 15 bo’lak  un bo’ladi.  Demak, har bir ovchiga besh bo’lakdan un tekkan.   Bundan kelib chiqadiki, uchinchi ovchi birinchi ovchi bergan undan bir bo’lak, ikkinchi ovchi bergan undan to’rt bo’lak yegan.   Shuning uchun birinchi ovchi bitta o’q, ikkinchi ovchi to’rtta o’qni olishi kerak. Javob:  Bitta va to’rtta.

Fikr yo‘q 676 marta ko‘rilgan

Aloqador maqolalar

Fikr bildirish