Nima izlayapsiz?

22-iyun kuni uchun berilgan masalaning yechilishi

22-iyun kuni uchun berilgan masalaning yechilishi

Masala. 68 ta tanga bo’lib, hech qanday ikkitasining og’irliklari bir xil emas.  Qanday qilib pallali tarozida toshlardan foydalanmasdan 100 marta tortish bilan shu tangalardan eng yengili va eng og’irini topish mumkin?

Yechilishi:  Tangalarni 34 ta juftlikka ajratamiz va 34 ta tortishda har bir juftlikdagi engilroq va og’irroq tangani aniqlaymiz. Barcha yengilroq tangalarni chapga, sal og’irroq tangalarni o’ngga qo’yamiz.

Shunday qilsak, chapdagi guruhda eng yengil tanga, o’ngdagi guruhda esa eng og’ir tanga  bo’ladi.

Chap guruhdagi birinchi tangani ikkinchi tanga bilan taqqoslab, ulardan yengilrog’ini uchinchi tanga bilan taqqoslab va hakozo tarzda davom etib 33 ta tortish bilan eng yengil tangani aniqlaymiz.

O’ng guruhdagi tangalar orasidan eng og’ir tangani ham shunday 33 ta tortishda aniqlaymiz.

Shunday qilib, 34+33+33 = 100 tortishda eng yengil va eng og’ir tangalarmi aniqlaymiz.

Fikr yo‘q 493 marta ko‘rilgan

Aloqador maqolalar

Fikr bildirish