23.05 -29.05. 2016 yil

1) 125  sonini to’rt qismga shunday ajratingki, birinchi sonning ikkinchi songa nisbati 2:3 kabi, ikkinchi sonning uchinchi songa nisbati 3:5 kabi, uchinchi sonning to’rtinchi songa nisbati 5:6 kabi bo’lsin.

2) Ikki xonali sondan o’zining raqamlari ko’paytmasini ayirilsa, natija birlar xonasidagi raqamning kvadratiga teng bo’ladi. Barcha shunday ikki xonali sonlarni toping.

3) Sonning uchdan bir qismi uning to’rtdan bir qismidan qanchaga ortiq va necha marta ortiq?

4) Qanday to’g’ri  kasrning suratiga uning maxraji qo’shilsa, kasrning qiymati  7 marta ortadi?

5) 1 dan 50 gacha natural  sonlardan nechtasi faqat toq raqamlar bilan yozilgan?

6) Agar  a-3=x+4y  bo’lsa,  ax+3x+4ay+12y+9=a2  ekanini isbotlang.

7) ABC uchburchakning   m_{a}, m_{b}, m_{c}medianalari bo’yicha uchburchakning AC=b tomoni uzunligini toping.

8) Trapetsiyaning asoslari a va b ga teng. Trapetsiya diagonallari o’rtalarini tutashtiruvchi kesma uzunligini toping.

9) Aniq kvadrat bo’lgan hunday to’rt xonali son mavjudmi:  uning raqamlari yig’indisi dastlabki ikkita raqami tashkil etgan songa teng bo’lsin hamda dastlabki ikkita va oxirgi ikkita raqamlari tashkil etgan sonlar ham aniq kvadrat bo’lsin.

10) Ikki xonali son raqamlari kublarining yig’indis 35 ga teng. Agar bu sondan 9 ni ayirilsa natijada  aynan shu raqamlar bilan faqat teskari tartibda yozilgan son hosil bo’ladi. O’sha sonni toping.

 

Один комментарий для “23.05 -29.05. 2016 yil”

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *