Nima izlayapsiz?

23-iyul kuni uchun berilgan masalaning yechimi

23-iyul kuni uchun berilgan masalaning yechimi

Masala. 100 dan katta va 10000 dan kichik bo’lgan  sonlar orasida uchta bir xil raqamga ega bo’lgan natural sonlar nechta?

Yechilishi: Masala shartida aytilgan sonlarni yaxshi sonlar deb ataylik. Uhc xonali yaxshi sonlar to’qqizta:  111, 222,…., 999.

Endi  to’rt xonali yaxshi sonlarni qidiramiz. Bunday sonlarning ikkita nollisi yo’q. Demak, nollar uchta, bitta yoki umuman nollar bo’lmaydi.

To’rt xonali  uchta noli bo’lgan yaxshi sonlar 9 ta: 1000, 2000, …, 9000.

Agar yaxshi sonda bitta nol raqami bo’lsa, qolgan uchta raqamni 9 xil usulda tanlash mumkin, nol raqami ikkinchi, uchunchi yoki to’rtinchi orinlarda bo’lad9.Hammasi bo’lib, 9∙3 =27 ta yaxshi sonni topdik. Agar yaxshi sonda nol raqami bo’lmasa, bir xil uchta raqamni 9 xil usulda tanlash mumkin. Bu uchlik uchun pozitsiyani 4 xil usulda tanlash mumkin. 9∙4∙8=288 u`sul.

Barcha yaxshi sonlar, 9+9+27+288=333

Javob: 333 ta

Fikr yo‘q 425 marta ko‘rilgan

Aloqador maqolalar

Fikr bildirish