Nima izlayapsiz?

23-iyun kuni uchun berilgan masalaning yechimi

23-iyun kuni uchun berilgan masalaning yechimi

Masala. Har bir kvadratning burchaklariga  1, 2, 3 va 4 sonlari yozilgan.  Kvadratlar ustma-ust bir dasta qilib taxlandi. Taxlamning  har bir burchagidagi sonlar yig’indisi  1199 ga teng bo’lishi mumkinmi?

Yechilishi: Agar  qatlamning har bir burchagidagi sonlar yig’indisi 1199 ga teng bo’lsa, u holda  barcha sonlar yig’indisi  1199∙4=4796 ga teng bo’lar edi. Har bir kvadratdagi sonlar yig’indisi 1+2+3+4 = 10 ga teng. Shuning uchun barcha sonlar yig’indisi 10 ga karrali bo’lishi kerak edi.

Javob: Yo’q, bo’la olmaydi.

Fikr yo‘q 472 marta ko‘rilgan

Aloqador maqolalar

Fikr bildirish