Nima izlayapsiz?

25-iyul kuni uchun berilgan masalaning yechimi

25-iyul kuni uchun berilgan masalaning yechimi

Masala. Yozuvida  hech bo’lmasa bitta 7 raqami bo’lgan to’rt xonali to’rt xonali natural sonlar nechta?

Yechilishi:  Barcha to’rt xonali sonlar 9000 ta.

Biz avval birortayam 7 raqamiga ega bo’lmagan to’rt xonali sonlar nechtaligini topmaiz. Birinchi raqam 8 xil bo’lishi mumkin, ikkinchi raqam 9 xil, uchinchi raqam 9 xil, to’rtinchi raqam ham 9 xil bo’lishi mumkin.

Demak, bunday sonlar jami 8∙9∙9∙9=5832 ta.

Endi hech bo’lmasa bitta raqami 7 bo’lgan sonlar nechtaligini aniqlay olamiz:  9000-5832=3168.

Javob:   3168 ta

Fikr yo‘q 749 marta ko‘rilgan

Aloqador maqolalar

Fikr bildirish