3-mart kuni berilgan masalaning yechimi (tangalar)

O’nta ustunning har biriga o’ntadan tanga bor. Har bir tanga 10 gramm.  Ustunlardan biridagi barcha tangalar qalbaki bo’lib, qalbaki tangalarning tashqi ko’rinishi haqiqiylaridan farq qilmaydi . Qalbaki tangalarning vazni haqiqiylaridan 1 gramm farq qiladi , lekin og’irmi yoki yengil engil ekani noma’lum.  Bizda tarozi bo’lib ixtiyoriy og’irlikdagi toshlarimiz bor. Qanday qilib tarozida bir marta tortishni bajarib , qaysi ustundagi tangalar qalbaki ekanini aniqlash  mumkin?

Yechilishi: Ustunlarni 1 dan 10 gacha nomerlab olamiz.  Har bir ustundan uning nomeriga mos soncha tanga olamiz: 1-ustundan 1 ta; 2-ustundan 2 ta;    …     ; 10-ustundan 10 ta. Jami   55 ta tanga oldik. Agar hammasi haqiqiy bo’lganda massasi 550 gramm bo’lar edi.    Shu 55 ta tangani tortamiz. Aytaylik n gramm bo’lsin. Agar n soni 550 dan katta bo’lsa, ustunning nomeri n-550 ga teng bo’ladi.  Agar n soni   550  dan kichik bo’lsa,  ustunning nomeri             10-(550-n)   ga teng bo’ladi.

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *