Nima izlayapsiz?

31-mart kuni uchun masalalar

31-mart kuni  uchun masalalar

Ushbu masalalarni yeching va fikringizni bildiring.

1-masala.   Ko’paytma   ushbu yuzta :   1! ,  2! , 3! , … , 99!,   100!  sonlarning ko’paytmasidan iborat. Ko’paytuvchilardan bittasini qolgan sonlarning ko’paytmasi aniq kvadrat bo’ladigan qilib  olib tashlash mumkinmi?

2-masala.  Kasr maxrajini irratsionallikdan qutqaring:  \frac{1}{\sqrt[3]{a}+\sqrt[3]{b}+\sqrt[3]{c}}

3-masala.  Trapetsiyaning asoslari 6 va 8 ga, diagonallari esa 13 va 15 ga teng. Shu trapetsiya yuzini toping.

P.S. 3-masala Bilimlar bellashuvining 2-bosqichida (Kitob tumani) 8-sinf o’quvchilariga berilgan yozma ishdan olingan. Masala uncha qiyin  bo’lmasada, yechish jarayonida 8-sinf o’quvchilari uchun qiziqarli holatlar hosil bo’ladi. Shu masalani yechishning eng ratsional yo’li qanday bo’lishi mumkin?

Iltimos, fikr bildiring.

1 ta fikr 598 marta ko‘rilgan

Aloqador maqolalar

1 ta fikr

  1. 3- masalada trapetsiyaning yuzi tomonlari 13,14,15 ga teng bo’lgan uchburchakning yuziga teng buladi

Fikr bildirish