Nima izlayapsiz?

6.06 — 12.06. 2016 yil

6.06 — 12.06. 2016 yil

Har haftaning dushanba kuni ushbu sahifada 5-9 sinflarning o’quvchilari uchun masalalar e’lon qilib boriladi. Masalalarni yeching . Fikrlaringiz biz uchun muhim.

1) Tenglamani yeching:  1+2:(1+32:(1+1024:(1+32:(1+2:(1+2:(1+2:(1+2:x)))))))=1987

2) O’nli yozuvi 1994 ta 1 raqamidan iborat bo’lgan sonni 7 ga bo’lganda qoldiq nechaga teng bo’ladi?

3) Kubning har bir qirrsaini 1 dan 12 gacha sonlar bilan ixtiyoriy bitta qirradan chiqadigan uchta qirra nomerlarining yig’indisi 3 ga bo’linadigan qilib nomerlab chiqish mumkinmi?

4) Kubning qirralarini uch xil rangdagi buyoq bilan har bir uchdan uch xil rangdagi qirra chiqadigan qilib bo’yash mumkinmi?

5)   30!=1·2·3·…·29·30  sonining oxirgi 8 ta raqamini toping.

6) 1, 2, 3, …, 2012 sonlari bir qatorga yozilgan. Bu sonlar orasiga  plus va minus ishoralarini  ifodaning qiymti 2009 ga teng bo’ladigan qilib qo’yish mumkinmi? Javobingizni asoslang.

7) Sonlar qatorini davom ettiring:    4; 7;12;21;38;  …..

8) 1 dan 9 gacha barcha raqamlardan bir martadan foydalanib 11 ga bo’linadigan  9 xonali sonlarning eng kichigini  yozing.

9) 1 dan 6 gacha raqamlardan har xil raqamli 11 ga bo’linadigan olti xonali son yozish mumkinmi?

10) 0 dan 9 gacha raqamlardan har xil raqamli o’n xonali 1980 ga bo’linadigan son yozish mumkinmi?

 

Fikr yo‘q 654 marta ko‘rilgan

Aloqador maqolalar

Fikr bildirish