Nima izlayapsiz?

6-may kuni uchun berilgan masalaning yechilishi

6-may kuni uchun berilgan masalaning yechilishi

Masala. n ning 1!+2!+3!+ … +n! soni aniq kvadrat bo’ladigan barcha natural qiymatlarini toping.
Yechilishi: n≥4 da yig’indining oxirgi raqami 3 bo’ladi, chunku beshinchi qo’shiluvchidan boshlab barcha qo’shiluvchilar nol raqami bilan tugaydi. Aniq kvadrat bo’lgan sonning oxirgi raqami esa 3 ga teng bo’la olmaydi. n=1, n=2 va n=3 holatlarni tekshirish kerak.
1) n=1 da 1!=1 aniq kvadrat
2) n=2 da 1!+2!=3 aniq kvadrat emas.
3) n=3 da 1!+2!+3!=9 aniq kvadrat.
Javob: n=1 va n=3.

Fikr yo‘q 308 marta ko‘rilgan

Aloqador maqolalar

Fikr bildirish