BILIM OLISH SIRLARI HAQIDA

Mustaqil ta’lim olish so‘nggi yillarning so‘zsiz trendiga aylandi. Zamonamiz kishisi oldinga harakatlanish va rivojlanishga vaqt ajratishga majbur, busiz na yaxshi pul topishning va na do‘stlar orttirishning iloji bo‘lmaydi. Biroq o‘qigisi kelmagan inson nima qilishi kerak? Quyida diqqatingizga havola qilinadigan tavsiyalar o‘zingizni qo‘lga olishga va muhim ishlar bajarishni orqaga suraverishga chek qo‘yishga yordam beradi.

Jadval yoki reja
Ishni boshlashda doimiy tartibga o‘rganish qiyin. Agar siz reja bo‘yicha ishlashga o‘rganmagan bo‘lsangiz, u holda jiddiy harakat qilishingizga to‘g‘ri keladi. Sizning o‘quv jadvalingiz hech qanday tashqi omillar sabab buzilmasligi kerak: rejada bormi, demak bajarilishi shart. Ikkinchi haftaning oxiriga borib, qoidalarga rioya qilish uchun katta kuch sarflashingizga hojat qolmaydi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *