Latifa(Quruvchi bo’laman)
O’qituvchi dars vaqtida o’quvchisini burchakka turg’azib qo’yib, koyidi: — Sen shu ahvolda katta bo’lsang kim bo’lasan?! Shunda o’quvchi: — Men katta bo’lsam, quruvchi bo’laman! Burchagi yo’q sinf xonalar quraman…
O’qituvchi dars vaqtida o’quvchisini burchakka turg’azib qo’yib, koyidi: — Sen shu ahvolda katta bo’lsang kim bo’lasan?! Shunda o’quvchi: — Men katta bo’lsam, quruvchi bo’laman! Burchagi yo’q sinf xonalar quraman…
Bir matematik -ikkinchisiga: -Bitta son ayt. -Mayli, yuz darajasida 5 bo’la qolsin. -Menda yuz darajasida 6-meniki katta, men yutdim.
-Dengiz tubiga tushgan g’avvosga kemadan xabar berishdi: » Tezroq chiqing, cho’kyapmiz!»
-Nega ishga kech qoldingiz? -Uydan chiqqunimcha kech bo’lib qoldi… -Ertaroq chiqishning iloji yo’qmidi? -Ertaroqchiqishga kech bo’lib qolgand—da…
-Eshitishimcha, siz sirkda sherlarni o’ynatar ekansiz. Bir narsaga hayronman: siz kichkinagina, nimjon va buning ustiga ozg’in bo’lsangiz. Nega sherlar sizni yeb qo’yishmaydi? -Hamma gap shunda-da! Ular ham mening semirishimni kutishadi!
Tibbiyor institutida gigiyena darsi bo’lyapti: Professor: — Nima uchun biz uyimizni doim toza tutishimiz kerak? Talaba: — Chunki kutilmaganda mehmon kelib qolishi mumkin.
-Doktor, ochko’zlikka qarshi dori bormi? -Bor, hozir sizga yozib beraman. -Faqat ko’proq, ko’proq….
O’g’ri Bir kun uyimga o’g’ri tushib, televizorni emas pultini olib qochdi. Endi u yaramas har kun mashinasini derazam yonidan haydab, kanalni o’zgartirib ketyapti.
Do’kondan oltita non olishi kerak bo’lgan kishi do’konga kirgach olti so’zi esdan chiqib qolibdi. U sotuvchiga shunday dedi: menga yettita non berib, bittasini qaytib oling. * * * Serjant askarlarga daraxt kestiryapti. Bir askar norozi ohangda: -Men oliy ma’lumotli matematikman, Batafsil