11-iyun kuni uchun masala
Uchta bir va beshta nol raqamlari bilan yoziladigan sakkiz xonali butun sonlar nechta?
Uchta bir va beshta nol raqamlari bilan yoziladigan sakkiz xonali butun sonlar nechta?
5 ga, 7 ga, 11 ga, 13 ga bo’lganda qoldiq 4 bo’ladigan eng kichik natural sonni toping.
Dominoda 28 ta tosh bo’lib , bitta toshdagi eng katta ochko 12 ga teng. Agar bitta toshdagi eng katta ochko 16 bo’lganda dominoda nechta tosh bo’lardi?
Bankka yiliga nechadir foiz daromad olish sharti bilan 1000000 so’m qo’yildi. Agar uch yildan keyin omonatchi 1061208 so’m olgan bo’lsa, bank yiliga necha foiz daromad beradi?
Hozir soat uch yarim. Necha minutdan keyin minut strelaksi soat strelkasini quvib yetadi?
Yozuvida 0,1,2,3,4 raqamlari ishtirok etadigan barcha besh xonali sonlar o’sish tartibida ketma-ket yozildi. Bunday sonlar nechta?
Kvadratning har bir uchini shu uchdan o’tmaydigan tomonlarining o’rtalari bilan tutashtirildi. Qo’shni tomonlarining o’rtalari ham juft-jufti bilan tutashtirildi. Hosil bo’lgan to’rtta uchburchaklar kesishishidan hosil bo’lgan shakl yuzini toping.
Uchta yer qazuvchi 4 soatda 6 ta o’ra qazishdi. 4 ta yer qazuvchi 5 ta o’rani qancha vaqtda qaziydi?
Yozuvida 0,1,2,3,4 raqamlari ishtirok etadigan barcha besh xonali sonlar o’sish tartibida ketma-ket yozildi. 2017 –o’rinda qaysi son turadi?