Nima izlayapsiz?

Bo‘limMaqolalar

O’quvchilarimizga omad tilayman

28-iyundan 28-iyulgacha davom etgan bir oylik tayyorgarlikda biz bilan birga bo’lgan narcha o’quvchilarimizga omad tilayman.

Fikr yo‘q 762 marta ko‘rilgan

Hozirgacha fanga ma’lum eng katta tub sonlar

Ta’rif. Faqat ikkita bo’luvchiga ega bo’lgan, ya’ni faqat o’ziga va birga bo’linadigan natural son lar tub sonlar deyiladi.

Masalan. 2, 3, 5,7,11, …..tub sonlardir.

Tub sonlar cheksiz ko’p.

Hozirgacha fanga ma’lum bo’lgan eng katta tub son Amerikadagi Missuri  Markaziy universiteti professori Kertis Kuper tomonidan 2015 yilda topilgan.  Bu son     274207281 -1 ga teng bo’lib, u 22 338 618 xonali…Davomini o‘qish

2 комментария 2447 marta ko‘rilgan

Xalqaro olimpiadaga tanlovning so’nggi bosqichi bo’lib o’tdi.

Xalqaro olimpiadaga tanlovning so’nggi bosqichi bo’lib o’tdi.

Bugun (3-iyun, 2016 yil) Toshkent shahridagi Abdulla  Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Markaziy institutida   Tailand Qirolligida bo’lib o’tadigan matematika musobaqasida O’zbekiston Respublikasi terma jamoasini shakllantirish uchun 2-saralash(yakuniy) bosqichi bo’lib o’tdi. 4 nafar o’quvchidan iborat terma jamoaga  Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridan 2 nafardan o’quvchi kirdilar.  Shular safida   Kitob 1-sonli Davlat…Davomini o‘qish

1 ta fikr 1060 marta ko‘rilgan

Xotira olimpiadasi bo’lib o’tdi

Xotira olimpiadasi bo’lib o’tdi

7-may kuni Kitob tumanidagi 3-akademik liseyda Shodixon Sirojov xotirasiga bag’ishlab matematika fan  olimpiadasi bo’lib o’tdi.

1-DIMI dan  ishtrok etgan o’quvchilar quyidagi natijalarga erishdilar

  1. O’roqov Shohjahon- oltin medal (5-sinf)
  2. Ubaydullayev Abdulla-kumush medal (5-sinf)
  3. Sayfullayev Anvar-kumush medal (6-sinf)
  4. Neymatov Eldor –oltin medal (7-sinf)
  5. Xolmaxmatov Ramziddin –kumush medal (7-sinf)
  6. Abdushukurov Akobir –oltin medal (8-sinf)
  7. Jamolov Muxriddin-oltin medal (9-sinf)
  8. Pardayev Abdulaziz-kumush medal (9-sinf)
  9. Toshpo’latov Abdulaziz-bronza medal (9-sinf)
3 комментария 698 marta ko‘rilgan

Kitob tumani haqida

  1. KITOBIMSAN 

Tog`larining boshidagi sallasi oq,

Qadamida obuhayot,  qaynarbuloq,

Sog`inch hamroh bo`lar sendan ketsam yiroq

Qashqadaryo durdonasi Kitobimsan.

 

Ming yilingdan ertak so`ylab o`sar archa,

Rasadxonang samo tomon ochdi darcha, 

Ta`rifingga so`zim ojiz, parcha – parcha

Yulduzlarning koshonasi Kitobimsan.

 

Guvoh quyosh to`lg`og`iga  G`avva cho`qqing,

Devon davri sirin Jovuz yoqdan o`qing,

Qashqadaryo, Oqdaryo ikki zulfing

Jannatmakon, tog` yonasi Kitobimsan.

 

Qadim…Davomini o‘qish

Fikr yo‘q 4311 marta ko‘rilgan

Bo’linish alomatlari

Mavzu:  Sonlarning bo’linish alomatlari   

    Neymatova Yulduz

Kitob tumanidagi 1-DIMI  matematika to’garagi    

Mundarija

Kirish qismi. Bo’linuvchanlik-sonlar nazariyasining asosiy xossasi

Bo’linish alomatlarining turlari ( klassifikasiyasi)

Sonlarning bo’linish alomatlarini qurish usullari

1) Biror songa bo’linish alomatini 10k  ko’rinishdagi sonlarni shu songa bo’linishidan foydalanib aniqlash.

2) Taqqoslashlar usuli

3) Paskal usuli

4) Bo’linish alomatlarini Fermaning kichik…Davomini o‘qish

1 ta fikr 6504 marta ko‘rilgan

Matematikani o’qitishda masalaning motivasion funksiyasi

  MAVZU: MATEMATIKANI O’QITISHDA MASALANING

MOTIVATSION FUNKSIYASI

BURXON BAHRONOVICH HALIMOV

Matematika o’qituvchisi

Qashqadaryo viloayti Kitob Davlat 1-sonli ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Matematikani o’qitishning eng muhim muammolaridan  biri o’qitish jarayonini mukammallashtirish,  o’quvchilarning  ijodiy faoliyatini aktivlashtirish yo’llarini qidirishdir. Bu muammoning har xil yechimlaridan biri o’qituvchining o’qitish faoliyati ichiga matematikani masalalar orqali o’qitishni kiritish bo’lishi…Davomini o‘qish

Fikr yo‘q 1169 marta ko‘rilgan

Xalqaro olimpiada tanlovining birinchi bosqichi bo’lib o’tdi

Xalqaro olimpiada tanlovining birinchi bosqichi bo’lib o’tdi

21-aprel kuni Qarshi shahrida  matematika fani bo’yicha 7- va 8-sinf o’quvchilari o’rtasida matematika fani bo’yicha xalqaro matematika olimpiadasining   birinchi saralash bosqichi bo’lib o’tdi. Yaqin orada natijalar e’lon qilinadi va  keyingi bosqichga  kimlar o’tganini bilib olamiz.

 

2 комментария 1949 marta ko‘rilgan

Sohibqiron Amir Temur

Ishxonamdan Shaxrisabzdagi  Amir Temur xiyobonigacha 10 -15 minutlik yo’l.  9-aprel kuni shu xiyobonga  borib keldim.   U yerda bor yo’g’i  10 minutgina bo’ldim.  Qurilishlar boshlanishidan avval bu joylarda bo’lganlar  hayratdan lol bo’lib qolganlar.  Avval ko’rmaganlar kelib ko’rganda yer yuzida   shunday joy bor ekani yetti uxlab tushlariga ham kirmaganiga hayron bo’ladilar.   Hademay ko’plashib…Davomini o‘qish

Fikr yo‘q 813 marta ko‘rilgan

O’quvchi virtual olamda yoki “Nima yaxshiyu, nima yomon”…

Insoniyat doimiy ravishda ortib borayotgan axborot oqimi sharoitida yashamoqda. Bu oqim ijtimoiy , badiiy estetik, intellektual, diniy va axloqiy qarashlarimiz shakllanishiga ta’sir qiladi.

Kuzatuvlarga qaraganda, voyaga yetmaganlar bir yilda sifatli vaqtning 154 soatini ota-onalari bilan, 850 soatini o’qituvchilari bilan, 1400 soatini esa ekranli ob’yektlar qarshisida o’tkazar ekan. Ekranli ob’yektlar dunyoqarashimiz rivojlanishiga hissa qo’shayotganiga shubha yo’q. Shu…Davomini o‘qish

Fikr yo‘q 1974 marta ko‘rilgan