Matematiklar va boshqalar matematika haqida

Hayotning  ikkita bezagi bor :   matematika bilan shug’ullanish va o’qitish. ( Puasson)

 * * *

Agar matematika go’zal bo’lmaganda edi, ehtimol matematikaning o’zi ham mavjud bo’lmasdi. Aks holda qanday kuch,   insoniyatning buyuk daholarini bu qiyin fanga torta olardi.   ( Chaykovskiy)

* * *

Insondagi eng asl  qobiliyatlardan biri-matematik fiklay olishidir. ( Bernard Shou)

* * *

Aylana –geometriyaning qalbidir. Aylanani o’rganing, shunda siz nafaqat geometriyaning qalbini, balki o’z qalbingizni ham o’rgangan bo’lasiz. (Sharigin)

* * *

Matematikda insonning hayratini keltiradigan nimadir bor. ( Xausdorf)

* * *

Matematika-aql gimnastikasidir. ( Suvorov)

* * *

…Maktabda ikkita asosiy fan bor-ona tili va geometriya. Biri kishini o’z fikrini tushunarli bayon qilishga , ikkinchisi -deduktiv  fikrlashga o’rgatadi. (Pogorelov)

* * *

.Biz matematikani kasb qilib tanlamaymiz, bizni u tanlaydi. ( Manin)

* * *

Matematika shuntay tilki- barcha aniq fanlar shu tilda gapiradi. ( Lobachevskiy)

* * *

Musiqa qalbning sirli arifmetikasidir;  u o’zi bexabar holda hisoblaydi.  ( Leybnits)

* * *

Raqamlar yordamida har qanday narsani isbotlash mumkin. (Karleyl)

* * *

U shoir bo’lib ketdi-matematik bo’lishga uning fantaziyasi kamlik qildi. ( David Gilbert , shogirdlaridan biri haqida)

* * *

Tabiatning buyuk kitobi matematik belgilar bilan yozilgan. ( Galiley)

* * *

Qiyin matematik masalani yechishni,  mustahkam qal’ani zabt etishga taqqoshlash mumkin. ( Vilenkin)

* * *

Matematika- barcha fanlar eshigi va kalitidir.   ( Bekon)

* * *

Matematika fanlar ichra shoh, uning sirlaridan bo’lingiz ogoh!   (Qori Niyoziy)

* * *

Kim matematikani bilmasa, haqiqatni bilmaydi. Kim uni tushunmasa zulmatta yashaydi.  (Rene Dekart)

* * *

Musiqa qalb matematikasi bo’lsa matematika miya musiqasidir. (N.G. Chernishevskiy)

* * *

Yulduzlar hukmiga oid ilm-matematik fanlarning eng yaxshi mahsulidir. (Abu Rayhon Beruniy)

* * *

Matematikaning asosiy vazifasi bizni o’rab turgan tartibsizliklarda yashiringan tartibni topishdan iborat. (N.Viner)

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *