Olimpiada tayyorlikning dastlabki bosqichi uchun beshta masala

1) D nuqta ABC uchburchak AB tomonining o’rtasi. Uchburchakning AC va BC  tomonlarida mos  ravishda  E    va F nuqtalarni    DEF uchburchakning yuzi AED va BFD uchburchaklar yuzlari yig’indisidan katta    bo’ladigan qilib   joylashtirish mumkinmi?

2) Agar ABC  o’tkir burchakli uchburchak bo’lsa,    sinA+sinB+sinC>2  tengsizlikni     isbotlang.

3) Shaxmat taxtasidagi har bir katakchada ikkita tarakan o’tiribdi. Vaqtning biror momentida har bir tarakan  o’zi turgan katakka qo’shni ( tomon bo’yicha) katakka o’rmalab o’tdi. Bunda bitta katakdagi tarakanlar har    xil kataklarga o’tishadi. Shundan so’ng, taxtadagi nechta katak bo’sh qolishi mumkin?

4)  x, y va z musbat sonlar bo’lib ularning ko’paytmasi 1 ga teng. (2+x)(2+y)(2+z)≥27  tengsizlikni  isbotlang.

5) Birinchi kun Malika Alidan 25%   kam  qo’ziqorin terdi,  ikkinchi kun esa  Alidan 20% ko’p terdi. Shu ikki  kunda  Malika Alidan jami 10% ko’p qo’ziqorin terdi. Ular ikkalasi shu ikki kunda  eng kamida  nechta  qo’ziqorin tergan bo’lishlari mumkin?

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *