Insoniyat doimiy ravishda ortib borayotgan axborot oqimi sharoitida yashamoqda. Bu oqim ijtimoiy , badiiy estetik, intellektual, diniy va axloqiy qarashlarimiz shakllanishiga ta’sir qiladi.
Kuzatuvlarga qaraganda, voyaga yetmaganlar bir yilda sifatli vaqtning 154 soatini ota-onalari bilan, 850 soatini o’qituvchilari bilan, 1400 soatini esa ekranli ob’yektlar qarshisida o’tkazar ekan. Ekranli ob’yektlar dunyoqarashimiz rivojlanishiga hissa qo’shayotganiga shubha yo’q. Shu bilan bir qatorda bu ob’yektlar milly madaniy merosimizga ham tahdid qiladi. Ayniqsa , hali yetarlicha tajribaga ega bo’lmagan yosh avlod orqali kelajakka ham tahdid qiladi.
5-9 sinflarning o’quvchilariga bunday katta ma’lumotlar ummonida “ nima yaxshiyu, nima yomon yomon” ekanini ajratib olish ancha qiyinlik qiladi.
Internetdagi turli ijtimoiy tarmoqlarda kishilar o’zaro yozishmalarda ko’pincha qisqacha yozuvlardan foydalanadilar. Buni ko’rgan o’quvchida xatolar bilan yozsih mumkin ekanda degan fikr uyg’onishi mumkin. Yoki pornografik rasmlarni bemalol ko’rish mumkin ekanligi bir-biriga qo’pol gaplar yozish ham odatiy ish bo’lib tuyulishi mumkin. Boshqalarni tahqirlash bemalol qilinishi mumkin bo’lgan ishga o’xshab qoladi.
Fan o’qituvchilari va sinf rahbarlari o’quvchilar bilan internetda ishlash qoidalari bo’yicha maxsus ishlar olib borishlari kerak bo’ladi. To’g’ridan to’g’ri kompyuter xonasida tushuntirish ishlari olib borish yanayam foydali bo’ladi. Virtual olamda ham haqiqiy olamda qabul qilingan axloq normalariga rioya qilish kerakligi haqida gaplashish kerak.
Dastlabki darslarda internetdan foydalanuvchi uchun ushbu 10 ta oddiy qoidalarni yozdirish foydali bo’lishi mumkin:
-inson haqida o’ylang;
-haqiqiy hayotda qabul qilingan muomila normalariga amal qiling;
-siz tarmoqda ejkaningizni unutmang;
-boshqalarning vaqtini va trafigini hurmat qiling;
-bexato yozing;
-bilganingizni o’rgating;
-tortishmang va tortishuvlar kelib chiqishiga sababchi bo’lmang;
-boshqa foydalanuvichining shaxsiy hayotiga dahl qilish mumkin emasligini yodda tuting;
-tarmoqdagi ba’zi ustunlik holatlaringizni suiste’mol qilmang;
-boshqalarni xatolarini kechirishga odatlaning.
O’qituvchining ishi maktab o’quvchisining moumila etikasi, dunyoqarashi va madaniyati rivojlanishiga qaratilgan. Bolalarninf axborot olamida o’zlarini qanday tutishi bu ishning ajralmas qismalaridan biridir.
Unutmaylik: axborot olamida o’quvchilarimiz biz bilan yonma-yon yurishibdi. Ba’zilari esa bizdan sal oldinroqda.
Ular yo bizdan yoki boshqa birovdan nimanidir albatta o’rganishadi
Baxtiyor Abdiyev