Nima izlayapsiz?

17-may kuni uchun masala

17-may kuni uchun masala

Konusning yasovchisi asos tekisligi bilan  x   burchak tashkil qiladi. Konusning uchidan  konus asosi teksiligi  bilan     y   burchak hosil qiladigan  teksilik o’tkazilgan.  Agar konus o’q kesimining yuzi S bo’lsa, kesim yuzini toping.

Fikr yo‘q 399 marta ko‘rilgan

16-may kuni uchun masala

16-may kuni uchun masala

Silindir va konusning asoslari teng, to’la sirtlari yuzlari ham teng, shuningdek hajmlari ham teng. Ular yon sirtlari yuzlarining nisbatini toping.

Fikr yo‘q 402 marta ko‘rilgan

15-may kuni uchun masala

15-may kuni uchun  masala

Tomoni 4 sm  bo’lgan ABCD kvadratning C uchidan AD tomonni K nuqtada kesib o’tadigan to’g’ri chiziq o’tkazilgan. Agar  KC=5 sm bo’lsa, BKC uchburchakning BM balandligini toping.

1 ta fikr 449 marta ko‘rilgan

14-may kuni uchun masala

14-may kuni uchun masala

Asosi AC=15 bo’lgan teng yonli ABC uchburchakning  BC tomonida D nuqta shunday olinganki, BD:BC=1:3, AB tomonda esa E nuqta AE=ED bo’ladigan qilib olingan. CE kesma uzunligini toping.

Fikr yo‘q 518 marta ko‘rilgan

13-may kuni uchun masala (AMK uchburchak yuzini toping)

13-may kuni uchun masala (AMK uchburchak yuzini toping)

Yuzi 1 ga teng bo’lgan ABCD parallelogrammning BC tomonida M nuqta shunday olinganki, BM:MC=2:3 hamda DM kesma AC diagonalni K nuqtada kesib o’tadi. AMK uchburchak yuzini toping.

Fikr yo‘q 566 marta ko‘rilgan

12-may kuni uchun masala ( 3 ga va 9 ga bo’linadi)

12-may kuni uchun masala ( 3 ga va 9 ga bo’linadi)

Ixtiyoriy   uchta ketma-ket  butun sonlar kublarining yig’indisi  a) 3 ga;     b)  9 ga bo’linishini isbotlang.

Fikr yo‘q 463 marta ko‘rilgan

11-may kuni uchun masala

11-may kuni uchun masala

100007∙100013∙100001+55 soni murakkab sonmi yoki tub sonmi?

Fikr yo‘q 391 marta ko‘rilgan

10-may kuni uchun masala ( 7 va 11)

10-may kuni uchun masala ( 7 va 11)

1 dan 10000 gacha sonlar orasida:  7 ga bo’linadigan  ammo 11 ga bo’linmaydiganlari ko’pmi yoki  11 ga bo’linadigan  ammo 7 ga bo’linmaydiganlari ko’pmi?

Fikr yo‘q 477 marta ko‘rilgan

9-may kuni uchun masala

9-may kuni uchun masala

1 dan 100000 gacha sonlar orasidan  73 ga qoldiqsiz bo’linadigan, 1000 ga bo’lganda esa qoldiqda 1 bo’ladigan barcha sonlarni toping.

Fikr yo‘q 422 marta ko‘rilgan

8-may kuni uchun masala (Raqamlar yig’indisi)

8-may kuni uchun masala (Raqamlar yig’indisi)

1 dam 1000000 gacha  bo’lgan barcha natural sonlar ketma-ket yozilgan:  12345678910111213…1000000.

Shu ko’p xonali son raqamlari yig’indisini toping.

P.S. Albatta bunday savollar juda ko’p uchragan.  Siz hisoblashning eng qulay usulini topishga harakat qiling.

 

Fikr yo‘q 489 marta ko‘rilgan