1-aprel kuniga masalalar

1-masala. Bir sayyoh o’zi mehmon bo’lib turgan shahardagi do’konlardan birida telpak xarid qilmoqchi bo’ldi. Sotuvchi telpakning narxi 15 so’m ekanini aytdi. Xaridor bitta 25 so’mlik uzatdi.  Ertalab  bo’lgani uchun, hali savdo bo’lmagan do’konning kassasida pul yo’q edi. Do’kon egasi yordamchisiga 25 so’mlikni qo’shni do’konda maydalab kelishi tayinladi. Yordamchisi maydalab keldi. Do’kondor 15 so’m olib qolib, xaridorga 10 so’m qaytim berdi. Xaridor ketdi. Tushlikdan keyin shu do’konga qo’shni do’kon egasi  chiqib ertalab maydalash uchun berilgan 25 so’mlik qalbaki bo’lib chiqqanini aytdi. Birinchi do’kon egasi qalbaki pul o’rniga 25 so’m to’lashga majbur bo’ldi.           Savol: Birinchi do’kon  egasi qanchaga tushdi?

2-masala. Kitobning bir qancha ketma-ket varaqlari tushib qoldi. Tushgan varaqlarning birinchi beti nomeri     328, oxirgi beti nomeri ham xuddi shu raqamlar bilan, biroq boshqa tartibda yozilgan. Kitobning     tushib qolgan bo’lagida necha bet bor?

3-masala.  Shayton anqovga shunday debdi: Har gal  ushbu sehrli ko’prikdan o’tganingda sening cho’ntagingdagi  puling ikki marta ortadi, lekin sen buning evaziga har gal o’tganingdan keyin menga 24 so’m berasan.  Anqov rozi bo’libdi.  U  ko’prikdan uch marta o’tganidan so’ng pulsiz qolibdi. Dastlab anqovning puli qancha  bo’lgan?

4-masala. ABC uchburchakning AB, BC  va  CA tomonlarida mos ravishda M, N va P nuqtalar AM:AB=BN:BC=CP:CA=1:2 bo’ladigan qilib olingan.   AN, BP va CM kesmalar kesishganda hosil bo’lgan A1B1C1 uchburchakning yuzi S ga teng. ABC uchburchak yuzini toping.

Masala

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *