Uchburchak

Uchburchak  erur  nomim,

Mahkam  uchta  tomonim.

Uch  yonda  posbon uchim,

Ko’p  ishga  yetar  kuchim

 

Ba’zan  teng tomonliman,

Ba’zida  teng  yonliman

Burchagim  o’tmas, o’tkir,

Goh  bittasi to’g’ridir.

 

Ko’pburchaklar  ichida ,

Men jajji  kichigiman.

Mustahkamlik  bobida,

Men  ancha  kuchligiman.

 Kvadrat

Men  kvadrat, kvadrat,

Tanim  to’la kuch g’ayrat.

Sevaman  teng  so’zini,

Topaman  sirt  yuzini.

         Trapetsiya

Trapetsiyadir  nomim,

To’rtburchaklar  turiman,

Asoslarim  parallel,

Yon  tomonim  xilma-xil.

        Parallel  chiziqlar

Biz qanaqa chiziqmiz,

Qarang  juda  qiziqmiz.

Ikkalamiz inoqmiz,

Mehnatsevar quvnoqmiz.

Tekislikda  turamiz,

Yursak birga  yuramiz.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2 Комментариев для “”

  1. Assalomu alaykum hurmatli ustoz! Saytingizni ko`rib chiqdim. Menga juda yoqdi, lekin qiziqarli masalar rasmlari bilan, qiziqarli savol-javoblar, qiziqarli matematik suratlar, fan bilan bog`liq dunyo voqealari va shunga o`xshash ma’lumotlarni ko`proq kiritsangiz bundan-da yaxshi bo`lardi. Hurmat bilan Navoiy viloyatidan matematika o`qituvchisi B.D.Sh.

    1. Hurmatli B.D.Sh
      Avvalo e’tiboringiz uchun rahmat. Fikrlaringiz menga judayam ma’qul. Ancha vaqtdan buyon saytda ishlamay qo’ygandim. Mana yana boshladim. Haqiqatan ham, rangbaranglik kiritishim kerak ekan.

Добавить комментарий для B.D.Sh Отменить ответ

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *