Kuling do’stlar, umringiz uzayadi.

Do’kondan oltita non olishi kerak bo’lgan kishi do’konga kirgach olti so’zi  esdan chiqib qolibdi. U  sotuvchiga shunday dedi: menga yettita non berib, bittasini qaytib oling.

* * *

Serjant askarlarga daraxt kestiryapti.

Bir askar norozi ohangda:

-Men oliy ma’lumotli matematikman, menga o’zimga mos ish bering…

-Yaxshi, unda sen ildiz chiqarish bilan shug’ullan!

 * * *

Do’kondan oltita non olishi kerak bo’lgan kishi do’konga kirgach olti so’zi  esdan chiqib qolibdi. U  sotuvchiga shunday dedi: menga beshtadan ko’p, lekin yettitadan kam non bering.

 * * *

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so’rayapti (ko’chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo’ladi?

-eni va bo’yini ko’paytirasiz, ya’ni, S=ab…

 * * *

Haqiqy matematikning ovqatlanish qoidasi: ratsional nonushta; kompleks tushlik va yaxlitlangan kechki ovqat

* * *

Horijlik sayyoh samarqandlik matematik olimdan so’rayapti (ko’chada):

-kechirasiz, Registon maydonini qanday topsam bo’ladi?

-eni va bo’yini ko’paytirasiz, ya’ni, S=ab…

* * *

….. Siz gumondorni aniq ko’rdingizmi?

…..Men uning boshini ko’rdim xolos.

….Siz ko’rganingizda, boshi qayerda turgan edi?

….Yanglishmasam, yelkasida edi…

* * *

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *