Sonlarning tarixi

Son-matematikaning asosiy tushunchalaridan biri bo’lib , uning yordamida hisoblash yoki  o’lchash natijalarini ifodalaymiz. Son tushunchasi matematikaning ko’pgina yo’nalishlari uchun juda muhimdir. Sonlar fizikada, mexanikada, ximiyada va boshqa fanlarda  keng qo’llaniladi. Sonlar kundalik turmushimizda doimiy ishlatiladi.

Maktab matematika kursida biz qadamba-qadam barcha sonlar bilan, jumladan natural sonlar, haqiqiy sonlar , ratsional va irratsional sonlar bilan  tanishamiz.

Pifagorchilar sonlarni sirli deb hisoblaganlar. Sonlar dunyoni boshqaradi va ma’lum tartiblarni o’rnatadi deyishgan.

Ba’zi sonlarning sirli xossalari bilan tanishamiz.

o soni. Bu absolyutlik m cheksizlik simvoli bo’lib u hamma narsalarning boshlanishi. Bu sonni uyqu yoki o’lim deyishgan.

1 soni.Pifagor va uning maslakdoshlari 1 ni hamma sonlardan ustun qo’yishgan. Aynan 1 soni barcha narsalarning boshlanishi. Birsiz hattoki oddiygina sanash ham bo’lmasdi. Vertikal chiziq shaklida tasvirlanadi.

2 soni. Bu son muhabbat timsoli, muvozanat va o’zgaruvchanlik.U yaxshilik va yomonlik, sovuq va issiq , boylik va kambag’allik o’rtasida turadi.

3 soni. Judayam ko’p  xalqlarda anchagina vaqt 3 soni sanashning oxiri bo’lgan.Uni to’liqlik va mukammallik timsoli deb bilishgan. Greklar bu sonni baxtli deyishgan. Uch soni afsona va ertaklarda eng sevimli songa aylangan.

4 soni . Qadimda bu sonni qa’tiylik va doimiylik timsoli deb bilishgan. Kvadratning to’rt tomonini   olamning to’rt tomoniga qiyoslashgan Fasllar ham to’rtta, to’rt unsur: olov, yer , havo va suv.  Yapon Xitoy dunyosida 4 eng muhim son.

5 soni. 5 soniga Pifagor alohida o’rin  ajratgan. Uni eng baxli son deb atagan. Uni mustaqillik ramzi deb bilishgan. 5-tub son, beshta barmoq va …

6 soni.  6 soni yaratuvchi  son deb atashgan. Xudo olamni 6 kunda yaratgan. 6 soni mukammal son.

7 soni Egipet va Vavilon falsafasi va astronomiyasiga ko’ra ikkita “hayotiy” sonlarning  ( 3 va 4 ning) yig’indisiga teng. Uch odam- ota, ona va bola hayotning asosi, to’rt esa  olamning to’rt yog’i.

8 soni .  Qadimda 8 ni ishonchlilikning belgisi, mukammallik deb bilishgan.

9 soni.  9 sonini qadimdan sirli deb bilishgan. Ba’zida uni yaxshi  xislatga, ba’zida esa yomon xislatga ega deb bilishgan. Yapon Xitoy  dunyosida 9 ni baxtsiz son , kasallik belgisi deb bilishgan.

10 soni. 10 soni  falsafiy tosh deyilgan, 10 =1+2+3+4 yig’indi shaklida yozilishi uchundir balki. 10 soni o’nli sanoq sistemaning asosi.

11 soni. Qadimda 11 ni yaxshi son emas deb hisoblashgan. Hozirda insonlarning sog’ligiga yomon ta’sir etadigan quyoshdagi aktiv jarayonlar har 11 yilda takrorlanishi aniqlangan.

13 soni. 13 soni esa har doim omadsiz son deb bilishgan. U tub sob, faqat o’ziga va 1 ga bo’linadi. Ko’pgina mamlakatlarning aholisi( Angliya, Fransiya, Pol’sha..) bu sonni  baxtsizlik keltirishiga ishonishadi.

1001 soni. Bu sonni sehrli son deb hisoblashgan. 1001 soni uchta ketma-ket 7, 11 va 13 tub sonlarning ko’paytmasiga teng. Agar 1001 ni ixtiyoriy uch xonali songa ko’paytirlisa, o’sha son ketma-ket ikki marta yozligan son hosil bo’ladi.

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *