13.6 -19.06. 2016 yil

1) Uch xonali son bilan 6 ning ko’paytmasiga teng bo’lgan son aniq kub.  Barcha shunday sonlarni toping.

2) Agar 777 … 77 soni 19 ga karrali bo’lsa shu son necha xonali?

3) Yozuvidan har bir raqam bir marta ishtirok etadigan va 19 ga bo’linadigan  o’n xonali son mavjudmi?

4) Raqamlarinin yig’indisi 100 ga teng bo’lgan eng kichik natural sonni toping.

5) Pifagordam so’rashdi:  aytchi Pifagor , sening ma’ro’zalaringni eshitish uchun maktabingga nechta o’quvchi keladi?

Pifagor javob berdi-o’quvchilarimning yarmi matematikani o’rganadi; to’rtdan bir qismi musiqani; yettidan bir qismi sukut saqlashni yaxshi ko’radi va yana uchta ayol bor.   Pifagorning o’quvchilari sonini toping.

6) Agar natural sonning o’zidan boshqa bo’luvchilari yig’indisi o’ziga teng bo’lsa bunday son mukammal son deyiladi. Masalan, 6 soni mukammal son. Chunki , 6 ning o’zidan boshqa bo’luvchilari 1, 2 va 3. Bu sonlarning yig’indisi 1+2+3=6 ga teng.  Ikki xonali muakmmal sonlar bormi? Bo’lsa ularni toping.

7) Malikaning soati har soatda 2 minut orqada qoladi. Agar Malikaning soati aniq vaqtni ko’rsatgandan 5 soat keyin radio orqali soat 12 ga signal chalinsa, yana qancha vaqtdan keyin Malikaning soati 12 ni ko’rsatadi?

8) Maktabning madaniyat zaliga  o’g’il va qiz o’quvchilar yig’ilishdi. Ularning hammasi 70 tadan ko’p, lekin 90 tadan kam ekani ma’lum. O’quvchilar o’tirgan skameykalar soni har bir skameykada o’tirgan o’g’il bolalar sonidan 1 taga  ko’p.  Har bir skameykada bittadan qiz o’tiribdi. Skameykalar soniga o’g’il bolalar soni qo’shilsa zaldagi  barcha o’quvchilar soni kelib chiqadi. Zalda nechta o’quvchi bor va ular nechta skameykada o’tirshgan?

9) Baseynga to’rtta chashmadan suv quyiladi. Birinchi chashma basseynni 1 soatda, ikkinchi chashma 2 soatda, uchinchi chashma 3 soatda va to’rtinchi chashma 4 soatda to’ldiradi. To’rtta chashma birgalikda basseynni qancha vaqtda to’ldiradi?

10) 30 ta qush 30 tanga turadi.  Bunda, tustovuqlar 3 tangadan, kabutarlar 2 tangadan, bir juft qarg’a esa  1 tanga turadi. Qaysi qushlar nechtadan bo’lgan?

 

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *