14-iyun kuni uchun berilgan masalaning yechilishi

Masala. Abtobus butun yo’l davomida o’zgarmas tezlik bilan yurdi. Yo’lning  birinchi qismida

u necha kilometr yurgan bo’lsa, yo’l oxirigacha u yana shuncha minut  yuradi. Yo’lning ikkinchi qismida avtobus yurgan kilometrlar soni , yo’lning birinchi qismida sarflagan minutlar soniga teng. Avtobusning tezligini toping.

Yechilishi: Avtobus yo’lning birinchi qismida  x km, ikkinchi qismida esa  y km yurgan bo’lsin. U holda avtobus  yo’lning birinchi qismini y minutda, ikkinchi qismini esa x minutda  bosib o’tgan bo’ladi.

Demak, uning tezligi   \frac{x}{y}    km/min,  ikkinchi tomondan \frac{y}{x}  km/min bo’ladi. Bundan kelib chiqadiki, ikkita o’zaro teskari sonlar o’zaro teng ekan. Demak, ularning har biri  1 ga teng, shuning uchun avtobusning tezligi  1km/min, yoki 60 km/soat ekan.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *