16.05 — 21.05. 2016 yil

1-masala. 38 ta yo’lovchini olib ketayotgan avtobus trassada buzilib qoldi.  Buzilib qolgan avtobus yonidan

o’tib ketayotgan yengil mashina haydovchisi yo’lovchilarni eng yaqin qishloqqacha tashib qo’yishga

rozi bo’ldi. Yengil avtomobilga  haydovchidan tashqari yana to’rtta yo’lovchi  o’tirishi mumkin

bo’lsa, yengil mashina necha marta qishloqqa borib keladi?

2-masala. Ovchi o’rmonga kirayotib daraxtda olmaxonni ko’rib qoldi. Omaxon stvol panasidan poylab ovchiga

qaraydi lekin o’zini ovchiga ko’rsatmaydi.  Ovchi sekin daraxt atrofini aylana boshladi. Olmaxon

tirnoqlari bilan daraxt tanasiga tirmashib, stvol bo’yicha  joyini shunday almashtiradiki u har doim

stvol panasidan ovchiga qaraydi lekin o’zini orqasini va dumini ovchiga ko’rsatmaydi. Ovchi daraxt

atrofini uch marta aylangan bo’lsa u olmaxon atrofini necha marta aylangan?

3-masala. Agar 5 ta sichqon tutish uchun 5 ta mushukka 5 minut yetrarli bo’lsa,  100 minutda 100 ta sichqon

tutish uchun nechta mushuk kerak bo’ladi?

4-masala. Stakanda bakteriyalar bor. Har bir sekundda har bir bakteriya ikkiga bo’linadi va yana bir sekunddan

keyin ularning har biri ikkiga bo’linadi va shu tartibda davom etadi. 1 minutdan keyin stakan to’ladi.

Qancha vaqtda stakan yarim bo’ladi?

5-masala. Shar sirtida tasodifiy tanlash yo’li bilan uchta nuqta olindi. Shu uchta nuqta bitta yarim sharda yotishi

ehtimolligi qanday?

6-masala. Eski qalin kitobda bir qancha ketma-ket varaqlar bo’lagi  tushib qoldi. Tushib qolgan varaqlarning

birinchi betini nomeri 328 , oxirgi beti ham shu raqamlar bilan yoziladi faqat boshqacha tartibda.

Kitobning tushib qolgan bo’lagi necha betdan iborat?

7-masala.  Kitob javoni qavatlaridan birida  Pushkinning birinchi va ikkinchi tom kitoblari yonma-yon turibdi.

Har bir tomning  varaqlari birgalikda 2 sm qalinlikka,  har bitta muqova esa  2 mm qalinlikka ega.

Qurt  kitob betlariga perpendikular ravishda birinchi kitobning  birinchi betidan, ikkinchi kitobning

oxirgi betigacha g’ajib o’tdi. U qancha yo’lni g’ajib o’tgan?

8-masala. Sardor va Abbos kitob do’koniga kirishdi. Do’konda “Matematikadan qiziqarli masalalar” kitobi

sotilayotgan ekan.  Sardorga kitob olish uchun 7 tiyin puli yetmadi, Abbosga esa 1 tiyini yetmadi.

Kitob qancha turadi?

9-masala. G’ishtning og’irligi 1 funt va yarimta g’ish og’irligiga teng. G’isht  necha funt og’irlikka ega?

10-masala. Qo’limizda bir varaq qog’oz bor.  Uni to’rt bo’lak qilib qirqdik, keyin hosil bo’lgan bo’laklardan

ba’zilarini (yoki hammasini) yana to’rt bo’lakka qirqdik. Shu usul bilan 50 ta qogo’z bo’lakchasi

hosil  qilish mumkin emasligini isbotlang.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *