24-aprel kuni uchun masala (Zukko Malika)

Malika stol ustiga 2016 ta gugurt cho’plarini qo’ydi va Alisher va Sobirga quyidagicha o’yin o’ynashni taklif qildi, ular stol ustidan navbat bilan gugurt cho’plarini oladilar: Alisher o’z yurishida yo 5 ta, yoki 26 ta gugurt cho’plarini olishi mumkin; Sobir esa o’z yurishida yo 9 ta yoki 23 ta gugurt cho’plarini olishi mumkin. Ular rozi bo’lishdi. Malikani o’zi esa o’yin boshlanishini kutmasdan xonadan chiqib ketdi va u qaytib kelganda o’yin tugagan edi. Stol ustida 2 ta gugurt cho’pi qolgan va o’zining navbatdai yurishini bajara olmagan kishi yutqazgan edi. Yaxshilab o’ylab ko’rgan Malika o’yinni kim boshlagani va kim yutganini tushundi. Buni siz ham aniqlang.

2 Комментариев для “24-aprel kuni uchun masala (Zukko Malika)”

  1. Alisher boshlab o`zi g`alaba qozonadi.Alisher oladigan 5 ta va 26 ta gugurt cho`plarini 7 ga bo’lganda qoldiq 5 ga teng bo’ladi.Sobir oladigan gugurt cho’plarni 7 ga bo’lganda 2 qoldiq qoladi.Shuning uchun Alisher har doim yutadi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *