25.04 — 1.05. 2016 yil

1) Qavariq ko’pburchak diagonallari soni uning tomonlari sonidan ikki marta ko’p. Shu ko’pburchak tomonlari sonini toping.

2) Agar qavariq ko’pburchak ning barcha diagonallari  o’zaro teng bo’lsa, uniing tomonlari soni 4 yoki 5 ta bo’lishini isbotlang.

3) Ixtiyoriy 6  ta natural sonlar orasida shunday  har xil a va b sonlar  topiladiki, yo  a+b  yoki a-b 10 ga bo’linadi degan fikr to’g’rimi?

4) ABCD  kvadratda 5 ta nuqta tavakkal olingan.  Oralaridagi masofa AC:2 ga teng bo’lgan ikkita nuqta topilishini isbotlang.

5) n4 soni 76864 ga teng bo’lishi mumkinmi?  Savolga natural sonlarning to’rtinchi darajasini hisoblamasdan  javob bering.

6) Vali  10 va 11 lar orasida orasida soatga qaradi va soat va minut strelkalari yoyiq burchak hosil qilganini ko’rdi. U 16 va 17 lar orasida yana soatga qaradi va strelkalar ustma-ust ekanini ko’rdi. Bu ikki hodisa orasida qancha vaqt o’tdi?

7) Tekislikda 6 ta nuqtani shunday joylashtiringki, har bir nuqtadan aniq to’rtta nuqtani ko’rish mumkin bo’lsin.

8) Soat besh va olti orasida minut strelkasi soat sterlkasidan rosa uch minut bo’linishlar orqada turibdi. O’sha paytda soat necha bo’lgan?

9) Beshta kvadratdan tuzilgan  shaklni ikkita tengdosh ko’pburchaklarga ajratadigan to’g’ri chiziq yasang.

10) Qanday sonni o’ngdan chapga qarab o’qilsa 6 marta kattalashadi?

 

13 Комментариев для “25.04 — 1.05. 2016 yil”

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *