Bugun Kitob tumanidagi matematikaga qiziqadigan o’quvchilarning ko’pchiligi ushbu masalani yechish bilan band. Siz ham ishlab ko’ring. Ertaga ertalabgacha yechishga harakat qiling. Ertaga soat 8.00 da yechimni yozamiz.
Masala. Agar uchburchakning ikkita balandligi 12 sm va 20 sm bo’lsa, uchinchi balandligi necha santimetrdan kichik bo’lishi kerak?
Uchburchakning uchinchi balandligi 15 sm kichik
Javob noto’g’ri. Yechimni to’la yoritishga harakat qiling
Masalani yechdim. Bu yerda yechimni qanday yozishni bilmayapman. Avval wordda yozib keyin bu yerga tashlayman
Masalani javobini topdim. Ertaga yechimni yozaman
Marhamat…ertagacha
Yana boshqa masala bering. Zo’r masalalar ekan
Masalalar istaganingcha borku.. Boshqa sahifalarni ham qaragin
Masalalarning javoblarini qayerga yozish kerak
Xuddi shu joyga yozish mumkin
Javobni tezroq yozing.Javobim bilan taqqoslayman
Men masalani yechdim, ammo yechimini qanday kelib chiqqanini bu yerga yozishni bilmadim masalani javobi uchinchi balandligi 30 dan katta emas
30 dan katta emas degani….30 sm ham bo’la oladi deganiku….bu javob noto’g’ri
manimcha 25smdan kichik bo’lsa kerak
30sm dan kichik va 7,5 sm dan katta .
To’g’ri javob
Abdulaziiz yechilishichi
24 sm dan kichik bo’ladi