30-iyun kuni uchun berilgan masalaning yechilishi

Masala. Shunday eng kichik N natural sonini topingki, N+1 soni 19 ga qoldiqsiz bo’linsin, N-1 esa 96 ga qoldiqsiz bo’linsin.

Yechilishi: Shart bo’yicha N+1=19m, N-1=96n, shuning uchun 96n+2=19m, ya’ni 5∙19n+(n+2)=19m.  Bundan kelib chiqadiki, n+2 soni 19 ga bo’linadi, ya’ni n ning qabul qilishi mumkin bo’lgan eng kichik qiymati 17 ga teng. U holda m=86.

96∙17+1=1633 va   19∙86-1=1633.

Javob: N=1633 

2 Комментариев для “30-iyun kuni uchun berilgan masalaning yechilishi”

    1. Assalomu alaykum. 30-iyun kuni uchun berilgan masala shartida 96 soni o’rniga 95 o’tib ketgani biz tomondan xato bo’libdi. Sizni yozganingizni o’z vaqtida ko’rmaganim uchun xijolatdaman. Bunaqa bo’lmasligi kerak edi. Matnni tuzatib qo’ydim. E’tiboringizdan mamnunman.

Добавить комментарий для admin Отменить ответ

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *