4.04-10.04.2016 yil

1) A, B, C  va  D  harflarni raqamlarga shunday almashtiringki,  AAAA+BBB-CC+D=1995 tenglik to’g’ri bo’lsin.

2) Akbarlarninkiga  uning sinfdoshlarlari mehmonga kelishdi. Oyisi Akbardan nechta mehmon kelganini so’radi. Akbar: “Oltitadan ko’p” deb javob berdi. Yonginasida turgan singlisi esa : “Behstadan ko’p” dedi. Agar Akbar va singlisining javoblaridan bittasi to’g’ri va bittasi noto’g’ri ekani ma’lum bo’lsa, mehmonlar nechta edi?

3) 8 ta bir xil kvadratlarni shunday chizingki,  chizligan kvadratlarning uchlari  rosa 15 nuqta bo’lsin.

4) To’rtta tarzi toshchalari bo’lib, ularga 1 g,  2 g, 3 g  va  4 g deb yozilgan. Lekin ulardan bittasi yozilganiga qaraganda sal  yengilroq yoki sal og’irroq ekani ma’lum. Pallali tarozida ikki marta tortish  bilan  o’sha toshni topish hamda bu tosh  yozuvdagiga qaraganda yengilroqmi yoki og’irroq ekanini aniqlash mumkinmi?

5) Stol ustida 9 ta kartochka yotibdi va ularga 1 dan 9 gacha natural sonlar yozilgan. Ikki o’yinchi navbat bilan bittadan kartochkani olib chekkaga qo’yadilar.O’yinchilar kartochkalarga yozilgan sonlarni ko’rib turishadi. Kimning yurishidan keyin  ikkalasi tomonidan  olingan barcha  kartochkalardagi sonlar yig’indisi 25 dan oshsa, o’sha yutqizgan bo’ladi. To’g’ri o’ynasa kim yutadi: boshlovchimi yoki ikkinchisimi?

6)  (|x|-1)(x+2,5)=0   tenglamaning eng kichik butun yechimini toping.

7) ABC uchburchakning AE bissektrisasi EC kesmaga teng. Agar  AC=2AB  bo’lsa, ABC  ni toping.

8) 22 ta kartochkaga 1 dan 22 gacha natural sonlar yozilgan. Bu kartochkalardan 11 ta kasr tuzildi. Bu kasrlardan ko’pi bilan nechtasi butun son bo’lishi mumkin?

9) a va b ikki xonali sonlar. ab ko’paytma esa bir xil raqamlar bilan yozilgan son.  Shunaqa a va b sonlar juftliklari nechta?

10) Uch kishining har biri 100 tadan har xil sonlar yozishdi. Keyin ikki martadan kam yozilgan so’zlarni o’chirishdi. Natijada bittasida 45 ta so’z, ikkinchisida 68 ta so’z, uchinchisida 54 ta so’z qoldi. Hech bo’lmasa bitta so’zni uch kishi ham yozganini isbotlang.

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *