5-sinf, Matematika. 14-MSNI. Foizlar.

1)Qudrat akaning 18000 so’m puli bor edi. U pulining  1 %  iga qiziga daftar sotib oldi. Qudrat

akaning necha      so’m puli qoldi?

2) Yangi uzilgan olchadan 15 % qoqi tushadi. 160 kg yangi uzilgan olchadan qancha olcha qoqi olish

mumkin?

3) Bug’doydan 80 % un tushadi. 1120 kg un olish uchun qancha bug’doy kerak bo’ladi?

4) 15 sm 75 sm ning necha protsentini tashkil etadi?

5) Do’konga 25 t shakar keltirildi. Uning 12 % i sotildi. Do’konda qancha shakar qolgan?

6)  36  %  ga arzonlashtirlgan buyumning bahosi endi  2592 so’m bo’ldi. Buyumning dastlabki narxi

necha     so’m bo’lgan?

7) Rasmdagi shaklning necha foizi bo’yalgan? (Shakl bir xil kvadratlardan tuzilgan)

Foizlarga rasm

8) To’g’ri to’rtburchakning bo’yi 20 sm, eni 10 sm edi. Agar uning bo’yi va eni uzunliklari ikki marta

qisqartirilsa, hosil bo’lagan to’g’ri to’rtburchakning yuzi avvalgisining necha  foiziga teng bo’ladi?

9)  40 soni 32 ning necha foziga teng?

10) Alisherda 40000 so’m  bor edi. U  birinchi do’kondan  pulining 20 foiziga futbol to’pi sotib oldi.

So’ngra qolgan pulining 25 foiziga mayka sotib oldi. Keyin ikkinchi do’konda ajoyib krossovka

ko’rib qoldi. Krossovka narxi 25200 so’m ekan. Alisherning qolgan puli krossovka sotib olishga

yetadimi?

Javoblar:   1) 17820 so’m     2) 24 kg     3) 1400 kg   4) 20%    5) 22 t     6) 4050 so’m   7) 14 %   8) 25 %

9) 80 %   10)  yetmaydi, chunki unda 24000 so’m pul qoladi

Ko’chirib olish: 5-sinfda matematikdan 14-nazorat ishi. Foizlar, ixtisoslashgan sinflar uchun.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *