5-sinfda takrorlashga doir nazorat ishi

1) Shisha tayyorlash uchun 25 qism qum, 9 qism soda va 5 qism ohak ishlatiladi.  7 kg 800g shisha tayyorlash uchun qancha soda  kerak bo’ladi?

2) Ishchi 1 soatda 17 ta detal, shogird esa 12 ta detal tayyorlaydi. Ular 7 soat davomida birgalikda qancha detal tayyorlashadi?

3)  7 qatorning har biriga 24 tadan pomidor ko’chati ekildi. So’ng bu qatorlarning har biriga  yana 8 tadan qo’shimcha ko’chat ekildi.  Jami necha tup ko’chat ekilgan?

4)  `Qutidagi 10 kg choy 150 grammdan qilib qadoqlandi. Qadoqlangandan so’ng qutida yana qancha choy qoldi?

5) Botir buvisining tavallud kuniga guldasta sovg’a qilish uchun gul bozordan 55 dona gul xarid qildi. Guldasta uchun Botir sotuvchiga 10000 so’m pul berdi. Sotuvchi unga 100 so’m qaytardi. Bir dona gul narxi qancha?

 

2 Комментариев для “5-sinfda takrorlashga doir nazorat ishi”

    1. Shisha tayyorlash uchun 25 qism qum, 9 qism soda va 5 qism ohak ishlatiladi. 7 kg 800g shisha tayyorlash uchun qancha soda kerak bo’ladi?

      Shu masalami?
      Yechish: 1) Jami qismlar soni 25+9+5=39 ta
      2) 7 kg 800 g =7800 g
      3) Bir qismni topamiz: 7800:39=200 g
      4) Soda 9 qism bo’lgani uchun 200 ni 9 ga ko’paytiramiz. 1800 g
      Javob : 1800 gramm

      Uzr xatingizni nacha vaqt ko’rmabaman

Добавить комментарий для Sevara Отменить ответ

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *