6-aprel kuni masalalari (T)

1)  ABCD kvadratning BD diagonalida E va F nuqtalar shunday olinganki AE to’g’ri chiziq BC tomonni M nuqtada, AF to’g’ri chiziq CD tomonni N nuqtada kesib  o’tadi va CM=CN. Agar BE=3, EF=4 bo’lsa, kvadratning diagonalini toping.

2) Rebusni yeching:  AAAA-BBB+CC-D= 1234

3) Karim turli (noldan farqli) raqamlardan besh xonali N sonini tuzdi va unga shu N soni raqamlari o’rinlarini kamayish tartibida almashtirib  hosil qilingan sonni qo’shdi. Yig’indi 171540 ga teng bo’ldi. Keyin u N ga shu N soni raqamlari o’rinlarini o’sish  tartibida almashtirib hosil qilingan sonni qo’shgandi , yig’indi 85608 bo’ldi. Karim  dastlab qanday sonni yozgan?

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *