7.03.-12.03.2016

Har haftaning dushanba kuni  ushbu sahifada  5-9 sinflarning o’quvchilari uchun masalalar e’lon qilib boriladi. Masalalarni yeching . Fikrlaringiz biz uchun muhim.

Masalalar.

1) Beshta yuk mashinalari  bor. A va B mashinalarning har birida 3 tonnadan, C va D mashinalarda esa 4,5 tonnadan yuk bor. E mashinadagi  yuk barcha mashinalardagi yuklarning o’rtacha qiymatidan 1 tonna ko’p. E mashinada qancha yuk bor?

2) Agar   A=200320032003∙2004200420042004  va  B=200420042004∙2003200320032003 bo’lsa, A-B ning qiymatini toping.

3) Uchta quti bor. Har bir qutichada yo  yashil yoki qizil marmar plitkalar bor. Qutilardagi marmarlar soni mos   ravishda  110, 105, 100, 115 va 130 ga teng. Agar qutilardan biri olib qo’yilsa qolgan qutilardagi yashil marmar plitkalar soni qizil plitkalardan 3 marta ko’p bo’ladi.  Olib qo’yilgan qutida nechta marmar bor?

4) 123 ga ko’paytirganda 2004 bilan tugaydigan eng kichik natural sonni toping.

5) Po’latning pallali tarozisi va bitta 200 g , bitta 1000 g lik toshlari bor. Po’lat 2000 g shakar bo’lgan paketdan 600 g o’lchab olmoqchi. U eng kamida nechta tortish bilan shu ishni bajara oladi?

6) Baliqning bir tomonini tovada qovurish uchun 6 minut kerak bo’ladi. Tovaga bir yo’la 4 ta baliq  solinishi mumkin. 5 ta baliqni har ikkala tomonini qovurish uchun eng kamida necha minut kerak bo’ladi?

7) Salim va Akbar sumkadan o’yinchoqlarni navbat bilan olishmoqda. Salim 1 ta o’yincho olsa, Akbar 2 ta oladi,   Salim 3 ta oladi, Akbar esa 4 ta va hakozo ravishda davom etadi. Agar kimning navbartida olishi kerak bo’lganidan kam qolsa u hammasini oladi.  Hamma o’yinchoqlar olib bo’linganda Akbar 1012 ta o’yinchoq olgani ma’lum bo’ldi. Sumkada dastlab nechta o’yinchoq bo’lgan?

8) Beshta musbat sonlar bor. Birinchi va beshinchi sonlarning yig’indisi 13 ga teng. Ikkinchi son barcha sonlar            yig’indisining uchdan bir qismiga teng, uchinchi son esa bu yig’indining tor’tdan bir qismiga  teng, to’rtinchisi esa yig’indining beshdan bir qismiga teng. Eng katta sonni toping.

9) Sinfdagi o’quvchilarning 80 %  i basketbol to’garagiga, 85 % i futbol to’garagiga, 74  % i beysbol to’garagiga, 68 %  i esa  voleybol to’garagiga qatnaydi. Eng kamida nech % o’quvchi  barcha to’garaklarga qatnaydi?

10) 986, 852 va 741 kabi sonlarning raqamlari kamayish tartibida yozilgan. 342, 551 va 622 sonlarning  raqamlari esa kamayish tartibida emas. Ushbu  100, 101,102, …, 997,998,999   ketma- ketlikdagi sonlarning  har biri uch xonali son. Bu ketma-ketlikdagi nechta uch xonali sonning raqamlari kamayish tartibida yozilgan?

  Ko’chirib olish: Hafta masalalari 7.03.-12.03.2016 yil

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *