7-sinf o’quvchilarining Bilimlar bellashuviga tayyorgarlik ko’rishlari uchun masalalar

1) Shunday kasrni topingki, bu kasrning suratiga 17 ni , maxrajiga 13 ni qo’shganda kasrning qiymati o’zgarmasin. Shunaqa kasrlarning umumiy ko’rinishini ham yozing.

2) 40 dan 100 gacha barcha natural sonlarni yozganda bu yozuvda 7 raqami necha marta uchraydi?

3) a soni b dan 7 marta katta, b esa c dan 5 marta kichik. a, b va c sonlarinig EKUB i va EKUK ini toping.

4) Agar ikki xonali sondan o’zining raqamlari yog’indisi ayirilsa, xuddi shu raqamlar bilan teskari tartibda yozilgan son hosil bo’ladi. Shu ikki xonali  sonni toping.

5) Tomonlari butun sonlarda metr bilan ifodalanadigan va yuzi 48 m2 ga teng bo’lgan to’g’ri to’rtburchaklar soni nechta?

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *