10-iyul kuni uchun masala (Nafisaning tug’ilgan kuni)

Shu masalani kecha 9-iyul kuniga ikkinchi masala sifatida qo’ygan edim.  Masala yuzasidan ko’p qo’ng’iroq bo’ldi. Lekin hech kim hali javobni topmadi. Shularni hisobga olib masalaning yechimini yana bir kundan keyinga qoldirdim.

Yechimni esa 11-iyulda e’lon qilaman.

Masala. Akbar  va  Botir yozda oromgohda  Nafisa bilan tanishdilar.

Akbar Nafisadan  uning tug’ilgan kuni qachon ekanini so’radi.

Nafisa o’ylab turdi-da ularga tug’ilgan kunini aytmasligini lekin bir nechta yordamchi ma’lumotlar berishini aytdi.

Keyin  u 10 ta sana yozdi:

15 may- 16 may -19 may

17 iyun- 18 iyun

14-iyul- 16 iyul

14 avgust- 15 avgust-17 avgust

Ana shu kunlardan biri mening tug’ilgan kunimdir.

Keyin Nafisa  Akbarning qulog’iga shivirlab faqat tug’ilgan oyini aytdi, Botirga esa shivirlab faqat tug’ilgan kunini aytdi.

Shundan keyin, Nafisa Akbardan-Endi mening tug’ilgan kunimni ayta olasanmi? –deb so’radi.

Akbar esa “ Men seni tu’g’ilgan kuningni bilmayman, lekin shuni bilamanki Botir ham sening tug’ilgan kuningni bilmaydi dedi.

Shunda Botir: Dastlab men ham bilmagan edim, lekin endi bilaman dedi.

Endi men ham bilaman dedi Akbar.

Nafisaning tug’ilgan kuni qaysi sana ekanini toping.

Javobda faqat sanani ko’rsatib qolmasdan qanday fikrlaganingizni yoishga harakat qiling.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *