Fazoviy jismlar. Imtihonlarga tayyorgarlik ko’rish uchun tanlangan masalalar(1-qism)

1) Uchburchakli muntazam piramidaning yon qirrasi 10 sm ga, yon sirti esa 144 sm2 ga teng bo’lsa, asosining tomonini  va apofemasini toping.

2) To’rtburchakli muntazam piramidaning hajmi V. Piramidaning yon qirrasi bilan asos tekisligi orasidagi burchak  α  ga teng. Piramidaning yon qirrasi topilsin.

3) Uchburchakli muntazam piramida yon qirrasi b, balandligi h. Piramidaning asosidagi ikki yoqli burchakni toping.

4) Konus yasovchisining uzunligi d, asos aylanasining uzunligi n. Konusning hajmini toping.

5) Radiusi 10 sm ga teng bo’lgan sharning o’qi bo’yica  silindrik teshik  ochilgan. Teshikning  diametri 12 sm. Jismning to’la sirtini toping.

6) Burchagi 300 va radiusi R ga teng doiraviy sektor yon radiuslarining biri atrofida aylanadi. Hosil qilingan jismning hajmini toping.

7) Parallelepipedning  yoqlari tomoni a va o’tkir burchagi 600  bo’lgan teng romblardan iborat. Parallelepipedning hajmini toping.

8) Radiusi R ga teng shar tomoni a ga teng muntazam uchburchakning hamma tomonlariga urinadi. Shar markazidan uchburchak tekisligigacha masofani toping.

9) Oltiburchakli muntazam piramida asosining a tomoni va h balandligiga ko’ra to’la sirtini toping.

10) Radiusi R ga teng shardan kesib olingan va o’q kesimidagi burchagi  α   ga teng shar sektorining hajmi va to’la  sirti topilsin.

11) Kub diagonal kesimining yuzi 8\sqrt{2} sm2. Kub sirtining yuzini toping.

12) Uchburchakli muntazam piramidaning barcha qirralari o’zaro teng. Piramida yon qirrasi  bilan asos tekisligi orasidagi burchak kosinusini toping.

13)To’rtburchakli muntazam kesik piramida  asoslarining tomonlari 6 sm va 8 sm. Agar yon qirrasi asos  tekisligi bilan 600 li burchak hosil qilgan bo’lsa, diagonal kesimi yuzini toping.

14) Yon tomoni 10 sm va uchidagi burchagi 1200  bo’lgan teng yonli uchburchak o’zining yon tomonlaridan biri atrofida aylantirildi. Aylanish jismining  hajmini toping.

15) Muntazam to’rtburchakli piramidaga hajmi  \frac{4}{3}π  sm3  bo’lgan shar ichki chizilgan. Agar piramida balandligi 5 sm bo’lsa, uning hajmini toping.

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *