O’zim haqimda

 Abdiyev Baxtiyor  Bobonazarovich

1965 yil 9-iyulda Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug’ilganman.

1982-1989 y.y.- Toshkent   Davlat Universiteti  (Hozirda Mirzo Ulug’bek nomidagi  O’zMU) da o’qigan

1989-1991 y.y.                       — Kitob tumanidagi A.Shoir nomli maktabda matematika fani o`qituvchisi. 

1991-1995 y.y.                       — Kitob tumanidagi Uvaysiy nomli maktabda matematika fani  o`qituvchisi. 

1995 y. — h.v.                          Kitob tumanidagi 1-sonli IDUMI ning matematika fani o’qituvchisi

1999 yil                                     Xalq ta’limi a’lochisi 

2001 yil                                     O’zbekiston mustaqilligining 10 yilligi  esdalik  nishoni

2013 yil                                     MEHNAT SHUHRATI ordeni

Ushbu saytni matematika o’qituvchilari va matematikaga qiziqadigan o’quvchilar uchun yaratganman. Sayt uzoq vaqt faoliyat ko’rsatishini istayman.

Maqsadim, bu saytga kirgan har bir kishi o’zi  uchun nimadir topsin.  Fikr almashish uchun ham yaxshi imkoniyat maydonchasiga ega bo’lgim kelgandi. Ozmi ko’pmi o’zimga yarasha  tajribaga egaman. Matematikani o’qitish, masalalarni yechish haqida suhbatlashish tarafdoriman.  Kimdir so’rasa…bilsam o’rgataman. Kimdandir nimanidir  so’rashdan ham yiroq emasman.

Xush kelibsiz.