Planimetriyadan bo’limidan hisoblashga doir 25 ta masala (9-sinflar uchun)

1) To’g’ri burchakli uchburchakka ichki chizilgan aylananing urinish nuqtasi gipotenuzasini 5 va 12 sm li kesmalarga ajratadi. Uchburchak katetlarini toping.

2) Teng yonli trapetsiyaning asoslari 20 va 12 sm bo’lib , trapetsiyaga tashqi chizilgan aylana markazi katta asosda yotadi. Trapetsiya diagonali va yon tomonini toping.

3) Teng yonli trapetisya asoslari 21 sm va 9 sm, balandligi 8 sm ga  teng. Trapetsiyaga tashqi chizilgan aylana radiusini toping.

4) Radiuslari 3 sm va 1 sm bo’lgan ikkita aylanalar tashqi urinadi. Aylanalarning urinish nuqtasidan ularning umumiy urinmasigacha bo’lgan masofani toping.

5) Diametri 15  sm bo’lgan aylanaga yon tomoni 17 sm bo’lgan teng yonli trapetsiya tashqi chizilgan. Trapetsiya asoslarini toping.

6) Teng yonli uchburchakning asosi  4\sqrt{2}    sm, yon tomonga o’tkazilgan mediana esa 5 sm. Uchburchak yon tomonlarini toping.

7) R radiusli va 90li  AOB sektorga  ichki chizilgan aylana OA va OB kesmalarga va AB yoyga urinadi.  Aylana radiusini toping.

8) Parallelogrammning perimetri 90 sm va o’tkir burchagi 600.  Parallelogrammning diagonali uning o’tmas burchagini 1:3 nisbatda bo’ladi. Parallelogramm tomonlarini toping.

9) Aylanada ikkita AB=a  va AC=b vatarlar o’tkazildi.  AC yoy uzunligi  AB yoy uzunligidan ikki  marta katta. Aylana radiusini toping.

10) Ikkita kesishuvchi aylanalarning umumiy vatari ularning markazlaridan  900  va 600  li burchaklar ostida ko’rinadi. Bu aylanalar markazlari orasidagi masofa \sqrt{3}+1  bo’lsa, bu aylanalar radiuslarini toping.

11) Gipotenuzadagi nuqta katetlardan teng uzoqlikda yotadi va gipotenuzani 30 va 40 sm li kesmalarga ajratadi. Uchburchak katetlarini toping.

12) To’g’ri burchakli uchburchakka ichki chizilgan aylana radiusi 3 sm, katetlaridan biri 10 sm ga  teng. Shu uchburchakka tashqi chizilgan aylana radiusini toping.

13)  Gipotenuzasi AB bo’lgan ABC to’g’ri burchakli uchburchakning perimetri 72 sm, CK medianasi va CM balandligining uzunliklarining farqi 7 sm  ga teng. Gipotenuzani toping.

14)  ABCD parallelogrammning B o’tmas burchagi uchidan  DA tomonga  tushirilgan balandligi  tomonni D uchidan boshlab hisoblaganda 5:3 nisbatda bo’ladi. Agar  AD:AB=2 bo’lsa, AC:BD nisbatni toping.

15) O’tkir burchagi 300  bo’lgan rombga aylana ichki chizilgan, aylanaga esa kvadrat ichki chizilgan. Romb yuzining kvadrat yuziga nisbatini toping.

16) Kichik diagonali tomoniga teng bo’lgan romb R radiusli doiraga tengdosh. Romb tomonini toping.

17)  Aylananing yoyi 600  bo’lgan segmentiga kvadrat ichki chizilgan.  Agar aylana radiusi  2\sqrt{3}+\sqrt{17}    bo’lsa, kvadratning yuzini toping.

18) Uchburchakning tomonlari 2:3:4 nisbatda. Bu uchburchakka ichki chizilgan yarim doira diametri  katta tomonda yotadi. Yarim doira yuzining uchburchak yuziga nisbatini toping.

19) Radiusi  3 bo’lgan aylanaga tashqi chizilgan teng yonli uchburchakning  asosidagi  burchaklari 300  dan. Uchbucrchak tomonlarini toping.

20) Uchburchakning  balandligi, asosi va yon tomonlarining yig’indisi 24, 28 va 56 sm.  Uchburchak yon tomonlarini toping.

21) Diagonallari 7 va 8 sm, asoslari  3va 6 sm bo’lgan trapetsiya yuzini toping.

22) Teng yonli trapetsiyaning diagonali 10 sm, yuiz esa  48 sm2.  Trapetsiya balandligini toping.

23)  Sektorning perimetri 28 sm, uning yuzi esa 49 sm2. Sektor yoyi uzunligini toping.

24) Tomoni a bo’lgan kvadratga aylana tashqi chizilgan. Hosil bo’lgan segmentlardan biriga kvadrat ichki chizilgan.  Shu kvadratning yuzini toping.

25) Teng yonli trapetsiyaning o’rta chizig’i 5 ga  teng bo’lib uning diagonallari o’zaro perpendikular. Trapetisya yuzini toping.

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *