Uchburchakdagi proporsional kesmalarga doir masalalar (T)

Ushbu to’plam  uchburchakdagi proporsional kesmalar mavzusiga bag’ishlangan  masalalardan tuzilgan.  Bu masalalarrni yechish  geometrik  fikrlashingiz rivojiga katta yordam berishi tajribada sinalgan. Ushbu masalalarni yeching. Yaqin orada bu masalalarning yechimlari bilan o’rtoqlashamiz. Aytgancha….masalalar haqida fikrklaringizni o’rtoqlashsangiz xursand bo’lar edik.  Sizlarga omad tilaymiz.

1-masala.ABC teng yonli uchburchakning  (AB=BC) BC   tomonida D nuqta shunday olinganki, BD:DC=1:4 ga teng. ADto’g’ri chiziq ABC uchburchakning BM balandligini B uchidan boshlab hisoblaganda qanday nisbatda bo’ladi?

2-masala. ABC uchburchakning AB, BC va AC tomonlari mos ravishda   2:4:5 nisbatda. Shu uchburchak bissektrisalari kesishgan nuqtada qanday (uchburchak uchidan boshlab hisoblaganda) nisbatda bo’linadi.

3-masala. ABC uchburchakning BC va AC tomonlarida mos ravishda D va E nuqtalar olingan, AD va BE kesmalar K nuqtada kesishadi. Agar BD:DC=2:3   va BK=2KE ekani ma’lum bo’lsa, E nuqta AC tomonni qanday nisbatda bo’ladi?

4-masala.  ABC uchburchakning  AC tomonining davomida(C dan keyin) K nuqta shunday olinganki, KC =AC:2 , BC tomonda esa F nuqta shunday olinganki BF:FC = 1:2. K nuqtadan o’tadigan to’g’ri chiziq AF va AB kesma-larni mos ravishda M va D nuqtalarda kesib o’tadi. Agar AD = DB bo’lsa, AM : MF nisbatni toping.

5-masala. ABC to’g’ri burchakli uchburchak  ACB to’g’ri burchagining  CD bissektrisasi o’tkazilgan. Agar AD= m, DB =b ekani ma’lum bo’lsa, uchburchakning C uchidan chiqadigan balandligini toping.

6-masala. To’g’ri burchakli uchburchakning to’g’ri burchagi uchidan mediana va balandlik o’tkazilgan va ularning gipotenuzadagi asoslari orasidagi masofa 1 ga teng. Agar uchburchakning katetlaridan biri ikkinchisidan ikki marta katta ekani ma’lum bo’lsa, katetlarni toping.

7-masala. To’g’ri burchakli uchburchakning gipotenuzasi c ga teng va u to’g’ri burchak uchidan tushirilgan balandlikdan uch marta katta. Berilgan uchburchak katetlarini toping.

8-masala. ABC  to’g’ri burchakli uchburchakda AC=3  va BC =4 katetlar. Su uchburchakning CD balandligi o’tkazilgan. CDA  va  BDC uchburchaklarga ichki chizilgan aylanalar markazlari orasidagi masofani  toping.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *