11.10 -17.10. 2019 yil

1) Shunday to’rt xonali sonni topingki, uni 131 ga bo’lganda qoldiq 112 bo’lsin, 132 ga bo’lganda esa qoldiq 98

ga teng bo’lsin.

2) x ning qanday butun musbat qiymatlarida  ifodaning qiymati manfiy bo’ladi?

3) Ixtiyoriy ikkita burchagi yig’indisi 125 gradusdan kichik bo’ladigan uchburchak mavjudmi?

4) a, b, c, d, e musbat sonlar ekani aniq. Agar ab=3, bc=2, cd=4, de=5 bo’lsa, u holda  a:e  nisbatni toping.

5) 1 dan 100 gacha barcha natural sonlar ikkita guruhga: toq va juft sonlar guruhlariga ajratildi.Qaysi guruhdagi      sonlarni   yozishga ishlatiladigan raqamlar yig’indisi ko’p va qancha ko’p?

6) 25! ga teng  bo’lgan sonning bo’luvchisi bo’lolmaydigan eng kichik natural sonni ko’rsating.

7)  Natural a soni 1 ga orttirildi. Bunda uning kvadrati 1001 ga ortdi.  a  sonni toping.

8)  1 dan n gacha natural sonlarni yozish uchun 342 ta raqam ishlatildi. n nechaga teng.

9) Elektromontyorda uzunligi 25 metr bo’lgan sim bor edi.   U bu simdan ish uchun 1 m, 2 m, 3 m, 6 m va 12

uzunlikdagi sim bo’laklari kesib  olmoqchi edi. Kechasi bir bezori simni ikki bo’lakka bo’lib ketibdi.

Montyor endi ham  o’ziga kerakli sim bo’laklarini kesib ololadimi?

10) Uchburchakning medianasi uni perimetrlari teng bo’lgan ikkita uchburchakka ajratadi. Berilgan uchburchak

teng yonli ekanini isbotlang.

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *