Nima izlayapsiz?

Bo‘limTanlovlar

Ikki xonali son

Ikki xonali son

Qandaydir ikki xonali son uchga karrali.    Agar uning raqamlari orasiga 0 raqamini yozsak va hosil bo’lgan uch xonali songa uning yuzlar xonasidagi raqami ikkilanganini qo’shilsa dastlabki sondan 9 marta katta son hosil bo’ladi. Dastlabki sonni toping.

Fikr yo‘q 1051 marta ko‘rilgan

Bo’yashga doir masala ( 5-sinf o’quvchilari uchun)

Bo’yashga doir masala  ( 5-sinf o’quvchilari uchun)

Tekislik ikki xil oq va qora ranglarga bo’yalgan va albatta oq rangli nuqtalar ham, qora rangli nuqtalar ham bor. Shu tekislikda bir xil rangdagi  va bir-biridan 1 ga teng masofada yotgan ikkita nuqta mavjud ekanini isbotlang.

Fikr yo‘q 695 marta ko‘rilgan

Bo’yashga doir masala ( 7-sinf o’quvchilari uchun)

Bo’yashga doir masala ( 7-sinf o’quvchilari uchun)

Tekislik ikki xil oq va qora ranglarga bo’yalgan va albatta oq rangli nuqtalar ham, qora rangli nuqtalar ham bor. Shu tekislikda  barcha uchlari bir xil rangda bo’lgan teng yonli uchburchak  mavjud ekanini isbotlang.

Fikr yo‘q 639 marta ko‘rilgan

Bo’yashga doir masala (6-sinf o’quvchilari uchun)

Bo’yashga doir masala (6-sinf o’quvchilari uchun)

Tekislik ikki xil oq va qora ranglarga bo’yalgan va albatta oq rangli nuqtalar ham, qora rangli nuqtalar ham bor. Shu tekislikda har  xil rangdagi  va bir-biridan 1 ga teng masofada yotgan ikkita nuqta mavjud ekanini isbotlang.

 

Fikr yo‘q 630 marta ko‘rilgan

Bo’linuvchanlik ( 11 ga bo’linmaydi)

Bo’linuvchanlik ( 11 ga bo’linmaydi)

A-olti xonali son bo’lib, uning yozuvida 1, 2, 3, 4, 5, 6 raqamlarining har biri bir martadan bor.   Shu A soni 11 ga bo’linmasligini isbotlang.

Fikr yo‘q 857 marta ko‘rilgan

Raqamlari soni toq

Raqamlari soni toq

Raqamlari soni toq  bo’lgan son bilan , shu raqamlarni teskari tartibda yozib hosil qilngan sonning ayirmasi 99 ga bo’linishini isbotlang.

Fikr yo‘q 551 marta ko‘rilgan

Bo’yashga doir masala ( 8-sinf o’quvchilari uchun)

Bo’yashga  doir masala ( 8-sinf o’quvchilari uchun)

Tekislik uch xil rangga bo’yalgan. Shu teksilkda  oralaridagi masofa 1 ga teng bo’lgan bir xil rangdagi ikkita nuqta albatta topilishini isbotlang.

 

 

Fikr yo‘q 942 marta ko‘rilgan

Dirixle prinsipi ( 1998 ga bo’linadi)

Dirixle prinsipi ( 1998 ga bo’linadi)

1998  ga bo’linadigan   11 … 10 …00  ko’rinishdagi son mavjud ekanini isbotlang.

Fikr yo‘q 1854 marta ko‘rilgan

Dirixle prinsipi ( ayirmasi n ga bo’linadi)

Dirixle prinsipi  ( ayirmasi n ga bo’linadi)

n+1 ta natural sonlarni qanday tanlasak ham  , ular orasida ayirmasi n ga bo’linadigan ikkita son topilishini isbotlang.

Fikr yo‘q 1529 marta ko‘rilgan

Dirixle prinsipiga doir masala ( n+1 ta son)

Dirixle prinsipiga doir masala ( n+1 ta son)

n+1 ta natural sonlarni qanday tanlasak ham  , ular orasida  n ga bo’lganda bir xil qoldiq qoladigan ikkita son topilishini isbotlang.

Fikr yo‘q 798 marta ko‘rilgan