20.06 — 26.06.2016 yil

)  n ixtiyoriy natural son bo’lganda n3+n2+3n+10 son murakkab son bo’lishini isbotlang.

2) ABC uchburchakning AD va CE medianalari o’tkazilgan. Agar BAD= BCE=300 ekani ma’lum bo’lsa, AB=BC ekanini isbotlang.

3) n2+5n  (bunda n-natural son)   ko’rinishdagi ikkita sonning ayirmasi 2015 ga teng bo’lishi mumkinmi?

4) Oilada bir nechta bola bor.  Ular yoshlarining ko’paytmasi 1664 ga teng ekani ma’lum. Eng kichik bolaning yoshi eng kattasinikidan  ikki marta kichik. Oilada nechta bola bor?

5) Tuya chanqagan paytda ham uning vaznining 84 % ini suv tashkil qiladi. Tuya suv ichib  qonganda uning vazni 800 kg ga yetadi va o’sha paytda uning vaznining 80 % i  suvdan iborat bo’ladi. Tuya chanqagan paytda uning vazni qancha bo’ladi?

6) Tekislikda  A va B nuqtalar berilgan bo’lib AB=1.  Faqat sirkul yordamida AE=2 bo’ladigan qilib E nuqtani qanday yasash mumkin?

7)  2+22+23+…+299+2100  yig’indi 3 ga bo’linishini isbotlang.

8)  ABC uchburchakning BC tomoni C dan keyin D nuqtagacha davom ettirilgan. ACD va ABC burchaklarning bissektrisalari o’tkazilgan. Shu bissektrisalar kesishishidan hosil bo’lgan E burchak A burchakning yarmiga teng ekanini isbotlang.

9) Doskada 2000  soni yozilgan.  Anvar va Karim doskadagi sonni navbat bilan quyidagi       uchta :  2, 5, 10 sonlaridan biriga bo’lish o’yinini o’ynashmoqda. Kimning yurishida doskadagi son butun bo’lmay qolsa o’sha o’yinchi yutqazadi. Anvar boshlab beradi. Agar to’g’ri o’ynasa kim g’olib bo’ladi? Javobingizni asoslang.

10) 5×5  o’lchamdagi kvadratdan bitta yaxlit 1×6 o’lchamdagi to’g’ri to’rtburchak qirqib olish mumkinmi?

 

 

Один комментарий для “20.06 — 26.06.2016 yil”

  1. Assalomu alaykum! bizga saytingiz juda yoqdi. Agar imkoni bo’lsa har oyga 2 marta 3 ta fanli blok(mat. fiz. onatili) test qo’yib borilsa biz abuturentlar bilimini mustahkamlash uchun katta dars bo’lar edi.

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *