18.09 -24.09. 2019 yil

1) 1 dan boshlab barcha natural sonlar ketma-ket yozilgan. Bu ketma-ketlikda 2007-o’rinda

qaysi raqam turadi?

2) Og’irliklari  1 kg, 2 kg, 3 kg,  … , 30 kg bo’lgan 30 ta tosh bor. Bu toshlarni uchta mashinaga shunday

yuklash kerakki, mashinalardagi toshlar soni ham , toshlarning og’irlikl bo’lsin.lari ham bir xil bo’lsin.

3) Tekislikda 5 ta to’g’ri chiziq va 10 ta nuqtani shunday belgilangki, har bir to’g’ri chiziq belgilangan

nuqtalarning 4 tasi orqali o’tsin, har bir belgilangan nuqta orqali esa shu to’g’ri chiziqlardan 2 tasi o’tsin.

4)  7:38 da soatning soat va minut millari qanday burchak hosil qiladi?

5) Rebusni yeching:  BAO∙BA∙B=2002

6) Alisher dadasi bilan tirga  bordi. Ular quyidagicha shartlashdilar: Alisher 5 ta o’q uzadi, nishonga tekkan

har bir o’q uchun yana 2 ta qo’shimcha o’q uzadi. Alisher hammasi bo’lib 17 ta o’q uzgan bo’lsa, u necha

marta adashgan?

7) 80 ta tangadan bittasi qalbaki ekani va qalbaki tanga haqiqiysidan yengilligi ma’lum. Bizda pallali tarozi

bor, lekin hech qanday tioshlar yo’q. To’rt marta o’lchash yordamida qalbaki tangani toping.

8) 1 dan 100 gacha barcha natural sonlar ikkita guruhga: toq va juft sonlar guruhlariga ajratildi.Qaysi guruhdagi      sonlarni   yozishga ishlatiladigan raqamlar yig’indisi ko’p va qancha ko’p?

9) 25! ga teng  bo’lgan sonning bo’luvchisi bo’lolmaydigan eng kichik natural sonni ko’rsating.

10) Yuk mashinasining kuzovi o’lchami 3 m va 4 m bo’lgan to’g’ri to’rtburchak shaklida. Kuzovga uzunligi

2 metr va o’rtasida mixi bo’lgan yog’och qolib ketdi. Mashina yurganda yog’och erkin dumalab kuzov

polini tirnay boshladi. Mashina kun bo’yi yurdi. Kuzovning qanday qismi tirnalgan bo’lishi mumkin?

Tirnalgan qismni bo’yab ko’rsating.

 

 

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *